E'lon 20.10.2021 115 Tugash sanasi: 01.12.2021

Xalqaro ilmiy taqrizchi (Peer reviewers) uchun tanlov e'lon qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Jahon banki ishtirokida "O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish" loyihasini amalga oshirish guruhi Jahon banki tomonidan moliyalashtiriladigan grant dasturlarining xalqaro ilmiy taqrizchisi (Peer reviewers) uchun tanlov eʼlon qiladi.

Ushbu tanlov alohida grant dasturlariga taalluqlidir: (i) Ilmiy tadqiqot sifatini oshirish dasturi (ilmiy tadqiqot grantlari), (ii) Ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish dasturi (ilmiy tadqiqot ishlanmalarini tijoratlashtirish grantlari), o‘zbek tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlari taqdim etgan eng yaxshi takliflarni moliyalashtiradi.

Grant dasturlari uchun taqdim etilgan arizalar (virtual tarzda) kamida ikkita xalqaro ilmiy taqrizchilar tomonidan baholanib, ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalarning turli sohalarida, shu jumladan siyosatni ishlab chiqish bo‘yicha yettita xalqaro ekspertlardan tashkil topgan Xalqaro Ekspert Kengashi (XEK) tomonidan baholanadi.

Mazkur eʼlon uchun arizalar 2021 yil 1 dekabrgacha tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda (rezyume) munis@mininnovation.uz; d.azgarov@mininnovation.uz; munis.project.uz@gmail.com elektron manzili orqali qabul qilinadi. "O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish" loyihasini amalga oshirish guruhi, O‘zbekiston, Toshkent, 100174, Universitet ko‘chasi, 7-uy.

Batafsil maʼlumotlar Texnik topshiriqda ilovaga muvofiq taqdim etilgan.