E'lon 01.03.2023 43 Tugash sanasi: 05.05.2023

Magistraturani Britaniyada o'qish uchun to'liq grant va stipendiya

Buyuk Britaniyaning Sheffield universiteti Allan va Nesta Ferguson jamg'armasi va Sheffield Xalqaro Taraqgiyot instituti bilan o'zaro hamkorlikda rivojlanayotgan mamlakatdan keluvchi xalqaro talabalarning o'qishini qo'llab-quvvatlash, ularga moddiy jihatdan yordam berish maqsadida Allan and Nesta Ferguson Charitable Trust scholarships dasturini tashkil etgan. Bu dasturga ariza topshira olish uchun nomzodlar Sheffild universitetining quidagi magistrlik yo'nalishlaridan biriga 2023-2024 o'quv yilida o'qishni boshlash uchun qabul qilinishi lozim:

International Development MA

Environmental Change and International Development MSc

International Development (Masters in Public Health) MPH

International Law and Global Justice LLM

International Political Economy MA

Global Journalism MA

International Public and Political Communication MA

Intercultural Communication MA

Ushbu grant jami 4 nafar talabaga berilishi rejalashtirilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Bu grant uchun alohida ariza topshirilmaydi. Yugoridagi talablarga javob bergan va 2023-yil 5-mayga qadar tegishli kurslarda o'qish uchun qabul xatini olgan talabalar avtomatik tarzda ushbu grant uchun nomzod hisoblanadi. Arizalar 2023-yil 18-maygacha ko'rib chiqiladi va shu kunga gadar faqatgina keying bosqichga o'tgan nomzodlar bilan bog'laniladi. Ushbu nomzodlar 2023-yil 31 -may chorshanba kunga qadar ulardan so' ralgan hujjatlarni taqdim etishlari kerak. Magistrlik kurslariga onlayn ariza topshirish BU YERDA. Qabul vaqtlari dasturga qarab har xil. Magistrlik kurslariga ariza topshirish uchun kerakli hujjatlar:

Bakalavr diplomi, ilovasi va uning rasmiy ingliz tiliga tarjimasi. Bitiruvchi kurs talabalari so'nggi yillardagi baholari transkriptini yuklashi mumkin;

Akademik tavsiyanoma (1 yoki 2 ta);

Til sertifikati (kamida IELTS 6,5);

Kamida 300 so zdan iborat Supporting Statement (motivation at);

CV;

Ish tajribasini ko'rsatuvchi ma'lumotnoma, portfolio va boshqalar.

Kirish talablari, ariza topshirish jarayoni va muhlati hagida batafsil BU YERDAN bilish olishingiz mumkin.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant hagidagi rasmiy elon bilan batafsil tanishib chiging.

Savollar yuzasidan quidagi email manziliga murojaat gilishingiz mumkin:

internationalscholarships@sheffield.ac.uk.