E'lon 31.07.2023 52 Tugash sanasi: 31.12.2023

AQShning Widener Universiteti Delaware Law Schooli tomonidan Masters of Law (LLM), Doctor of Juridical Science (SJD) yoki Master of Jurisprudence (MJ) yoʻnalishlarida tahsil olishni istagan talabalar uchun SCHOLARSHIP FOR INTERNATIONAL LEADERS granti eʼlon qilinadi.

AQShning Widener Universiteti Delaware Law Schooli tomonidan Masters of Law (LLM), Doctor of Juridical Science (SJD) yoki Master of Jurisprudence (MJ) yoʻnalishlarida tahsil olishni istagan talabalar uchun SCHOLARSHIP FOR INTERNATIONAL LEADERS granti eʼlon qilinadi.

Grant talabalarning akademik koʻrsatkichi hamda moliyaviy ehtiyojiga tayangan holda taqdim etiladi. Nomzodlar xalqaro munosabatlar, biznes va boshqa huquqiy masalalarga qiziqishlari yuqori boʻlishi soʻraladi.

Maqbullik shartlari:
- Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi umumiy talablar mavjud:
- Nomzodlar AQSh fuqarosi boʻlmasligi lozim;
- Ishtirokchilar grant uchun ariza topshirishdan avval MJ (Master of Jurisprudence), LLM (Masters of Law) yoki MJ (Master of Jurisprudence)         dasturlaridan biriga ariza hamda kerakli hujjatlarni toʻliq topshirishlari kerak boʻladi;
- AQShda oʻqish uchun ishtiyoqi baland boʻlishi va oʻz davlatidagi jamoat ishlari, volontyorlik va yetakchilik bilan faol shugʻullangan boʻlishi lozim;
- Mukammal darajada ogʻzaki va yozma til koʻnikmalarida ega boʻlishi kerak. Til koʻnikmasi onlayn intervyu va yozma insho orqali tekshiriladi.
- Ushbu grantda MJ, LLM va MJ dasturlaridan birida tahsil olish mumkin. Yuqoridagi talablardan tashqari, aytilgan har bir yoʻnalish uchun maxsus talablar    mavjud:

MJ (Master of Jurisprudence) dasturi uchun:
- Nomzod AQSh yoki boshqa davlatda bakalavr darajasini tugatgan boʻlishi kerak. Ammo bakalavr darajasi huquq sohasida boʻlishi shart emas;
- Bakalavr diplomidagi baholari 4 ballik tizimda (GPA) kamida 3ga teng boʻlishi lozim. (100 ballik tizimda 75 ballga toʻgʻri keladi);
- TOEFL 83 yoki IELTS 6.5 sertifikati talab etiladi;

LLM (Masters of Law) dasturi uchun:
- Nomzod AQSh yoki boshqa davlatda bakalavr darajasini tugatgan boʻlishi kerak. Ushbu dastur uchun bakalavrni huquq sohasida tugatish talab qilinadi;
- Bakalavr diplomidagi baholari 4 ballik tizimda (GPA) kamida 3ga teng boʻlishi lozim. (100 ballik tizimda 75 ballga toʻgʻri keladi);
- TOEFL 83 yoki IELTS 6.5 sertifikati talab etiladi;

SJD (Doctor of Juridical Science) dasturi uchun:
- Nomzod AQSh yoki boshqa davlatda huquq sohasida magistr bosqichini tamomlagan boʻlishi kerak;
- Bakalavr diplomidagi baholari 4 ballik tizimda (GPA) kamida 3,3ga teng boʻlishi lozim. (100 ballik tizimda 82,5 ballga toʻgʻri keladi);
- TOEFL 94 yoki IELTS 7 sertifikati talab etiladi;

Grant haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Foydali tomonlari:

Grantni qoʻlga kiritgan nomzodlar kontrakt pulidan toʻliq ozod qilinadi;
Eslatma! Dastur turar joy, oʻqishga qatnash, darsliklar va boshqa xarajatlarni oʻz zimmasiga olmaydi. Nomzodlardan oʻqish uchun yetadigan mablagʻ bilan kelishlari soʻraladi. LLM va SJD talabalariga kundalik xarajatlar uchun har bir akademik oʻquv yiliga $50000 bilan kelish maslahat beriladi.

Dasturning foydali tomonlari orqali batafsil rasmiy havola orqali maʼlumot olish mumkin. https://delawarelaw.widener.edu/prospective-students/graduate-programs/gicls-admissions/