E'lon 03.09.2023 66 Tugash sanasi: 01.12.2023

Dunyo universitetlari Top 100 taligiga kiruvchi Amerikaning Boston universitetida bakalavr bosqichini toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beruvchi — Trustee Scholarship dasturi

Umumiy maʻlumotlar

Trustee Scholarship - AQSHning Boston universiteti bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun tashkil etilgan grant dasturi. 

Dasturga ushbu universitetga 1-kursga qabul qilingan talabalar ariza topshirishlari va 4 yil mobaynida kontrakt to’lovidan ozod qilingan holda o’qish imkoniga ega bo’lishlari mumkin.

Dasturga har yili 20ta eng yaxshi talabalar qabul qilinadilar.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin.

Talablar

— Nomzodlar Boston universitetining bakalavr bosqichiga qabul qilingan bo'lish kerak;

— Maktab/kollejdagi baholari a'lo bo'lishi lozim;

— 2 ta mavzudan biriga 600 so'zdan oshmagan essay (insho) yozishlari kerak.

Foydali tomonlari

— 4 yillik kontraktdan ozod etiladilar (bunda talabaning keyingi yillardagi akademik o'zlashtirishi hisobga olinadi);

— Talabalar uchun majburiy barcha to'lovlardan ozod etiladi. 

Batafsil: https://grantgo.uz/go/16233