Loyiha turi 06.09.2021 43

O'zbekiston Respublikasida xalqaro ilmiy laboratoriyalar yaratish va ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarni amalga oshirish uchun xalqaro tanlov o’tkazish to'g'risida e’lon

Tanlov tashkilotchisi: O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi. Dastlabki arizalarni topshirish muddati: 2021-yil 31-oktabrgacha (Toshkent vaqti bilan 24:00 gacha, UTC + 5:00). O`zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi xalqaro ilmiy laboratoriyalar yaratish va ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini (ITTKI) olib borish uchun arizalarning ochiq xalqaro tanlovini e`lon qiladi. Arizalar xorijiy hamkorlarni (ilmiy laboratoriyalar, universitet markazlari) va ilmiy natijalarni O'zbekiston iqtisodiyotining real sektorlariga kiritishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarni o’z ichiga olishi lozim. Arizalar O'zbekiston Respublikasining Innovatsion rivojlanish strategiyasining maqsadli ko'rsatkichlariga erishishga qaratilgan bo'lishi kerak. Batafsil ma'lumot va qoidalar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin. To'liq arizalarni tayyorlash uchun ikki oy vaqt ajratiladi. Dastlabki arizalar 2021-yil 31-oktabrgacha (Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha, UTC + 5:00) interlabs@mininnovation.uz elektron manzilida “Expression of Interest/International Labs” mavzusi bilan qabul qilinadi. Barcha savollar uchun interlabs@mininnovation.uz elektron manziliga yozma ravishda murojaat qilishingiz mumkin.