Loyiha turi 31.08.2021 51

Yangi qurilish materiallarini yaratish, loyihalash va qurilish sohasidagi ko‘nikmalarni shakllantirish va oshirishga qaratilgan ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha Milliy onlayn-tanlovni e'lon qiladi

Tanlovning asosiy maqsadi – Qurilish sohasida yangi ishlanma va texnologiyalarni kashf qilish, yoshlarning ilmiy g‘oyalarini rag‘batlantirish, innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlar va yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish hamda salohiyatli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etishdan iborat. “Milliy onlayn-tanlov” loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 aprelidagi 222-son qaroriga 2-Ilovaning 5-bobida tasdiqlangan “Startap loyihalarni shakllantirish va ularni ko‘rib chiqib, tanlab olish tartibi” asosida o‘tkaziladi. Tanlov shartlari: Tanlovga taqdim etiladigan loyiha ijrochilarining yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qat’i nazar 40 yoshdan oshmasligi zarur; loyiha tanlov mavzusiga mos tarzda ishlab chiqilishi lozim; loyiha arizasi to‘liq va sifatli to‘ldirilishi zarur; taqdim qilingan loyihalar faqat belgilangan yo‘nalishlar asosida qabul qilinadi. “Milliy onlayn-tanlov”ga taqdim etiladigan loyihalar milliy_tanlov@mininnovation.uz elektron manzili orqali 2021 yilning 1 oktabrga qadar faqat elektron (hujjatlar asl nusxalarining pdf/doc) shaklda qabul qilinadi. Taqdim etilgan loyihalar tanlov talablariga qat’iy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining to‘liqligi, ishonchliligi va haqqoniyligi, ko‘chirmachilikka (plagiatga) yo‘l qo‘yilmaganligi, belgilangan talablar asosida shakllantirilganligi, shuningdek loyiha yakunida qo‘lga kiritiladigan muhim natijalarning tadqiqot dizayniga muvofiq to‘liq asoslanganligi va so‘ralgan mablag‘larning to‘g‘ri hisob-kitob qilinganligi bo‘yicha dastlabki texnik ekspertizadan o‘tkaziladi. Loyihalarni shakllantirish bo‘yicha elektron ariza va taqdimot shakllari quyidagi elektron manzildan ko‘chirib olinishi mumkin. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun: +99871 203-32-23 (Ichki: 422)