Hay'ati yig'ilishi 13.09.2021 65

Matematika, fizika va mexanika fanlari yoʻnalishidagi 4 ta fundamental loyiha moliyalashtiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Hayʼatining navbatdagi yigʻilishida 2021-2026-yillarda amalga oshiriladigan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga kiritiladigan fundamental loyihalar tasdiqlandi. Bunda OʻzR FA V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutining 3 ta hamda I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti ilmiy jamoasi tomonidan amalga oshiriladigan 1 ta fundamental loyiha moliyalashtirilishi nazarda tutilgan. Mazkur ilmiy loyihalarning umumiy qiymati taxminan 12 mlrd. soʻmni tashkil etadi. 2021-2026-yillarda amalga oshiriladigan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga kiritiladigan fundamental loyihalar roʻyxati: https://mininnovation.uz/oz/news/3505