Muaffaqiyat tarixi 01.01.2021 226

Markaziy Qizilqum fosforitlari asosida oddiy superfosfat ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyasini ishlab chiqish va joriy qilish

"Markaziy Qizilqum fosforitlari asosida oddiy superfosfat ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyasini ishlab chiqish va joriy qilish" loyihasi bo‘yicha 2019 y. 15,1 mlrd so‘m va 2020 y. 9,5 mlrd so‘m qiymatga ega 17 733 tonna granulali oddiy superfosfat ishlab chiqarilgan. 2019 y. 10,1 mlrd so‘mlik va 2020 y. 5 mlrd so‘mlik 9,8 ming tonna mahsulot sotilgan. Yiliga 16,5 ming tonna oddiy superfosfat olish quvvatiga ega tajribaviy-sanoat qurilmasi yaratildi. Institutning "Neft'-gaz sohasida qo‘llaniladigan texnik sul'fanol ishlab chiqarish texnologiyasini o‘zlashtirish" loyihasini amalga oshirish maqsadida "Sirt Faol Moddalar" MChJ tashkil qilindi. Shuningdek, institutning "Maxalliy xom ashyodan faollashtirilgan ko‘mir olishning texnologiyasi" bo‘yicha tajriba-sanoat ishlab chiqarish uchun "Muborak gazni qayta ishlash zavodi" tomonidan 45 mln so‘m to‘lov amalga oshirilgan hamda 3 tonna faollashtirilgan ko‘mirning tajriba-sanoat na'munasi ishlab chiqarilgan.