Yangilik 13.10.2021 133

“English for Science” loyihasi doirasida Erasmus+ tomonidan eʼlon qilingan grant loyihalar boʻyicha seminar-trening boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 13-oktyabr kuni “Erasmus+ xaftaligi” doirasida Oʻzbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisi tomonidan grant loyihalarga topshirish boʻyicha seminar-trening oʻtkazildi.
Tadbirda Ilmiy-texnik axborot markazi direktori Abduvaliyev Abdulaziz, Oʻzbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisi masʼul xodimi Qudrat Kutlimuratov soʻzga chiqdi. 
- Oliy taʼlim va ilm-fanning kuchli raqobatbardosh tizimini yaratish Oʻzbekiston uchun muhim yoʻnalishlardan biri hisoblanadi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ilm-fanning rolini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani ilgʻor innovatsion ishlanmalar va yuqori texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash, ilmiy-amaliy tadqiqotlarning raqobatbardoshligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Oʻz navbatida Innovatsion rivojlanish vazirligi bu jarayonda ilmiy tadqiqotlar, yuqori texnologiyalar va innovatsion ishlanmalar sifatini oshirish, ularning natijalarini iqtisodiyotga izchil joriy etishda ishtirok etmoqda, - dedi Ilmiy-texnik axborot markazi direktori A.Abduvaliyev.

Tadbir davomida Qudratxon Baxodirov Erasmus+ doirasida eʼlon qilingan 4 ta grant loyihalari (1- Erasmus Mundus Joint Masters; 2- Jean Monnet activities; 3- International credit mobility; 4- Capacity Building for Higher education) boʻyicha tushuntirishlar va mustaqil ariza berish uchun amaliy koʻnikmalar bilan ulashdi. 
Seminar-trening yakuniga koʻra, ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.