Yangilik 12.01.2022 90

Shikastlangan to'qima va a'zolarning tiklanishini tezlashtiruvchi qoplama ishlab chiqarilmoqda

Hozirgi vaqtda olimlarning sa'y-harakatlari kam zaharli, yuqori samarali va biologik parchalanadigan  yuqori adsorbtsiya qobiliyatiga ega, zararlangan to'qimalar va a'zolarning regeneratsiyasini rag'batlantirish va patogen mikroorganizmlarning hayotiy faolligini ingibirlovchi qoplamalar yaratishga qaratilgan.

Toshkent tibbiyot akademiyasining olimlari, Xegay Lyubov` rahbarligida qayd etilgan xususiyatlarga ega, aniq terapevtik fotodinamik ta'sirga ega bo'lgan yara qoplamasini ishlab chiqdilar. 

Mazkur qoplama O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan «Yumshoq to'qimalar va terining turli genezli jarohatlanishini davolash uchun yarim o'tkazuvchi va biodegradatsiyalanuvchi jarohat qoplamalarini yaratish» mavzusidagi amaliy loyiha natijalari asosida yaratilgan.

Barcha uchun ahamiyatga ega bo'lgan ushbu qoplamani ishlab chiqarish hajmi 3 marta ortishi kutilmoqda. Shuningdek, uning natijasida yaralarni davolash muddati 21 kundan 7 kungacha qisqaradi.

 

Manba: https://mininnovation.uz/news/post-199