Yangilik 04.04.2022 443

SHHT aʼzo-davlatlari Ilm-fan va texnika boʻyicha rahbarlarining oltinchi yigʻilishi oʻtkaziladi

Tadbir davomida SHHT aʼzo-davlatlarining ilmiy-texnika sohasidagi 2022-2025-yillardagi hamkorlik rejasi muhokama qilinadi. Shuningdek, Oʻzbekiston tomoni tashabbusi bilan kun tartibiga kiritilgan SHHT aʼzo-davlatlari hamkorligida sunʼiy intellekt rivojlantirish Dasturi va boshqa masalalar koʻplab koʻrib chiqiladi.

SHHT aʼzo-davlatlari Ilm-fan va texnika sohalarining rivojlanishiga masʼul vazirliklari va tashkilotlari rahbarlarining yigʻilishi 2010-yildan beri oʻtkazib kelinmoqda. Mazkur tadbir ilmiy-texnik va innovatsion hamkorlikni oʻrnatish va takomillashtirish uchun samarali maydon boʻlib, SHHT aʼzo-davlatlari oʻrtasida ilm-fan va texnika sohalari oʻzaro manfaatli rishtalarining yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.