Yangilik 30.08.2022 338

Olimlar Marsda yashashga mo'ljallangan uy qurishdi

Uy qizil sayyoraning keskin iqlimi va tabiiy sharoitiga toʻliq moslashtirilgan. Uy -63 daraja sovuq hamda galaktika va fazoviy radiatsiyaga chidamli. Qolaversa, odamlar uning ichida oʻzlarini xuddi yerdagidek his etishadi.

Binoning umumiy maydoni 52 kvadrat metr. Uy unga oʻnatilgan quyosh panellaridan “toʻyinadi”.

Bino umumiy uch qavatdan iborat. Birinchi qavat Mars ustida joylashadi. U tillarang folgadan tayyorlangan. Ikkinchi qavat ham qizil sayyoraning ustki qismida joylashadi. Unda mehmonxona joylashgan boʻlib, unda kosmonavtlar ovqat uchun koʻkat oʻstirishi mumkin. Bu yerda, shuningdek, oshxona va katta deraza ham bor.

Uchinchi qavat Masr tuprogʻining ostida joylashadi. Bu astronavtlarni radiatsiyadan himoya qilish imkonini beradi. Unda yotoqxona, dispecherlik xonasi, hojatxona va dush oʻrin oladi, deyiladi hi-tech.mail.ru saytida.