Yangilik 17.11.2022 155

“Ipak yoʻli” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti Xitoyning “North-West” universiteti bilan hamkorlik oʻrnatdi

Hujjatda oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish, Xitoy va Oʻzbekiston universitetlari talabalari va oʻqituvchilarining toʻsiqsiz harakatlanishi uchun akademik koʻprik oʻrnatish maqsad qilingan.

Oʻzbekiston tomondan memorandumni imzolagan Bosh vazir oʻrinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri, “Ipak yoʻli” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti rektori Aziz Abduhakimov “North-West” universiteti prezidenti janob Guo Lixonga oʻz minnatdorchiligini bildirib, ikki universitet oʻrtasidagi hamkorlikni yuksak qadrlashini taʼkidladi.

“North-West” universitetining 120-yillik yubileyi doirasida imzolangan mazkur hujjat “Xitoy – Oʻzbekiston arxeologiya va madaniy merosni muhofaza qilish ilmiy-texnikaviy xalqaro qoʻshma laboratoriyasi”ni tashkil etishga yoʻnaltirilgan.

Taʼkidlash lozimki, Xitoy – Oʻzbekiston arxeologiya va madaniy merosni muhofaza qilish ilmiy-texnikaviy xalqaro qoʻshma laboratoriyasi “Xitoy va markaziy Osiyoning inson resurslari va atrof-muhitni oʻrganish boʻyicha qoʻshma ilmiy laboratoriyasi”ning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Xitoy ilmiy-texnologiya vazirligi bu ilmiy tadqiqotlar, iqtidorli talabalarni tayyorlash va madaniy almashinuv boʻyicha yetakchi xalqaro markazdir, deb xabar beradi Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati.