Yangilik 04.01.2023 542

O‘zbekistonda yangi universitet – O‘zbekiston xalqaro Acharya universiteti

Yangi O'zbekistonning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan rivojlanish strategiyasiga muvofiq Buxoro viloyatining Qorako'l tumanida raqamli texnologiyalarga ixtisoslashgan va zamonaviy talablarga javob beradigan IT-Klaster faoliyati yo'lga qo'yilmoqda, uning maqsadi axborot texnologiyalari sohasida ta'limdan ishlab chiqarishga qadar kompleks zanjir yaratish bo'ladi.

It klasterida 5600 o'rinli universitet, 100 o'rinli inkubatsiya markazi va 50 o'rinli masofaviy xizmatlarni eksport qilish markazi, 1435 o'rinli talabalar turar joyi va ishchilar uchun mehmonxona, ovqat xonasi, ochiq va yopiq sport majmualari mavjud.

Joriy yilning 10 oktabr kuni O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi va Hindistonning Acharya institutlari o'rtasida yangi universitet - "Acharya International University of Uzbekistan" ni tashkil etish bo'yicha o'zaro hamkorlik to'g'risida bitim imzolandi.

Uchrashuvda mazkur yo'nalishda ishlarni davom ettirish, yangi qo'shma loyihalarni ishlab chiqish masalalari ham muhokama qilindi.