Yangilik 31.03.2023 337

I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz (Milliy tadqiqot) universiteti filialida Ilmmetriya O'zbekiston Respublikasi miqyosida" mavzusidagi o'quv seminari bo'lib o'tdi

✅Joriy yilning, 31-mart kuni Ilmiy-texnik axborot markazi Ilmmetriyani rivojlantirish boʻlimi boshligʻi Diana Abdumuminova va boʻlim xodimlari, I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz (Milliy tadqiqot) universiteti O'zbekistondagi fililalida  tashkil etilgan “Ilmmetriya Oʻzbekiston Respublikasi miqyosida” mavzusidagi oʻquv seminarda maʼruza bilan ishtirok etishdi.

Seminarda universitet xodimlari va talabalari ishtirok etishdi. Maʼruza davomida  Scopus, Web of Science maʼlumotlar bazalari, hamda SpringerLink, Proof-reading ilmiy axborot platformalari haqida maʼlumotlar berildi. Seminarda Scival va InCites ilmmetrik vositalaridan foydalanish usullari, muallif va tashkilot profilini yaratishning mansubligi masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, Gubkin universitetining mahalliy jurnalini xalqaro maʻlumotlar bazalariga kiritish masalalari muhokama qilindi.

Seminar soʻngida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblarni olishdi.