Yangilik 14.04.2023 260

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazir oʻrinbosari Shahlo Turdikulova va Clarivate Analytics kompaniyasi xodimlari Anna Trifonova va Meinxard Kettler oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning 13-aprel kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazir oʻrinbosari Shahlo Turdikulova va Clarivate Analytics kompaniyasi xodimlari Anna Trifonova va Meinxard Kettler oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.


Uchrashuv davomida tomonlar mamlakatimizdagi oliy taʼlim muassasalari va ITMlar uchun ProQuest Dissertations & Tezis Global platformasidan markazlashtirilgan holda foydalanish imkoniyatlari va mexanizmlari haqida  muhokama qilindi.


Ma'lumot uchun: ProQuest Dissertations & Tezis Global jahondagi 3 mingdan ortiq universitetlar va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining 5,4 milliondan ortiq ilmiy maqolalarni o‘z ichiga olgan dunyodagi eng yirik ma’lumotlar bazasidir.