О портале
Новости 25.04.2023 414

ISS International ILEM summer school

Umumiy maʻlumotlar

ILEM International Summer School — turli sohalardagi akademiklar, tadqiqotchilar va yosh olimlarni birlashtirgan holda islom olamiga tegishli asosiy masalalarni muhokama qilish uchun forumdir. 

Yozgi dastur ICYF, YTB, FSMV universiteti, ILM, IRCICA va Oranje Instituti kabi tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. 

2023-yilda boʻlib oʻtadigan ILEM yozgi maktabining asosiy mavzusi — Rethinking Art and Aesthetics in the Islamic World: Concepts, Theories, and Practices

Shuningdek, dastur islom olamiga aloqador 25 ta kichik mavzuni (IISS-8 Topics) ham oʻz ichiga oladi. 

Yozgi maktabning bu yilgi mavsumida uchta asosiy nuqtayi nazardan islom olamiga tegishli masalalarni muhokama qilishga eʼtibor beriladi:

  • Konseptual nuqtayi nazardan;
  • Nazariy munozaralar asosida;
  • Ijtimoiy-siyosiy qarashlar asosida.

Yozgi maktab 2023-yil 24-iyuldan 30-iyulgacha Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtadi. Dasturda barcha davlatlarning PhD bosqichi talabalari va yosh olimlari ishtirok eta oladi. Ishtirokchilarning barcha xarajatlari dastur tashkilotchilari tomonidan qoplanadi.

Yozgi maktabda boʻlib oʻtadigan barcha seminar, maʼruza va suhbatlar ingliz tilida oʻtkaziladi.

Dasturga ariza topshirishning soʻnggi muddati — 2023-yil 1-may.


Maqbullik shartlari

  • Turli sohada faoliyat olib boradigan PhD talabalari va yosh olimlar qatnashishi mumkin;
  • 2023-yil 24-30-iyul kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtadigan yozgi maktabda offlayn tarzda qatnasha olish kerak;
  • Har bir ishtirokchi oʻz ilmiy ishini (Paper) taqdim etishi kerak;
  •  ingliz tilini bilish talab qilinadi; Til bilishni tasdiqlovchi sertifikat boʻlishi (IELTS/TOEFL) majburiy emas!

Foydali tomonlari

  • Yozgi maktabda qatnashish bepul;
  • Ishtirokchilar bepul turar-joy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi;
  • Ichki transport xarajatlari qoplanadi;
  • Turkiyaga borish va kelish xarajatlari qoplanishi mumkin.

Eslatma: dasturga ariza topshirish bepul.


Hujjat topshirish


  • Ariza shaklida ilmiy ish gʻoyasini (Proposal) yuklash lozim; 
  • Nomzodlarning ilmiy ish gʻoyasi ILEM yozgi maktabi ilmiy qoʻmitasi tomonidan qabul qilingandan keyin ilmiy ishning toʻliq matnini saytga yuklashi kerak;
  • Toʻliq matnli ilmiy ishlar ILEM xalqaro yozgi maktabi ilmiy qoʻmitasi tomonidan baholanadi. Ushbu yakuniy baholash natijalariga koʻra, IISS-8 da ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan ishtirokchilar eʼlon qilinadi.

Topshiriladigan ilmiy ish gʻoyasiga (Proposal) qoʻyiladigan talablar quyidagicha:

  • Kamida 900 soʻz va maksimal 1200 soʻzdan iborat boʻlishi kerak;
  • 5-7 ta kalit soʻzni oʻz ichiga olishi kerak;
  • Tadqiqot maqsadi va asosi batafsil yoritilishi kerak;
  • Oldin nashr qilinmagan va asl (original) boʻlishi kerak;
  • Ilmiy ish gʻoyasi (Proposal) matnida ishtirokchi haqida maʼlumot boʻlmasligi kerak; Ishtirokchi haqidagi maʼlumot yozilgan ishlar qabul qilinmaydi!

Eslatma: Email orqali topshirilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi!

Batafsil: https://iiss.ilem.org.tr/#about