Yangilik 10.05.2023 445

AQShning Mayami universitetida bakalavr bosqichini o'qish uchun barcha xarajatlari toʻliq qoplanadigan Stamps Scholarship dasturi

The Stamps Scholarship dasturi AQShning Mayami shtatida joylashgan Mayami universiteti tomonidan eʼlon qilingan boʻlib, bakalavr bosqichida oʻqish uchun moʻljallangan. Dasturda maktab, litsey yoki kollejni shu yili bitiradigan o'quvchilar ishtirok etishlari mumkin. Grant uchun qobiliyatli, yuqori ilmiy salohiyatga ega va akademik koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan nomzodlar saralab olinadi.

Grant sovrindorlariga universitet oʻqish xarajatlari va kontrakt puli toʻlab beriladi. Bundan tashqari boshqa xarajatlar uchun 12000 AQSh dollari miqdordagi pul ham ajratiladi. Turar joy va ovqatlanish ham bepul.

Stamps Scholarshipni qoʻlga kiritganlarga quyidagi imtiyozlar beriladi:

  • Kontrakt puli va barcha xarajatlar qoplanadi;
  • Talabalar bepul turar joy bilan taʼminlanadi;
  • Dastur gʻoliblari uchun tekin ovqatlanish imkoni yaratib beriladi;
  • Bepul tibbiy sugʻurta qilinadi;
  • Darsliklar va noutbuk olish uchun pul ajratiladi;
  • Tadqiqot oʻtkazish, chet elda boʻluvchi haq toʻlanmaydigan almashinuv va amaliyot dasturlarida qatnashish uchun $12,000 miqdordagi mablagʻ ajratiladi;
  • Yuqoridagi imtiyozlarga qoʻshimcha ravishda, Stamps Scholars sovrindorlari kampus hamda milliy hamjamiyat aʼzosiga aylanish, akademik va ilmiy tadqiqot loyihalari, madaniy va yetakchilik dasturlarining qoʻllab-quvvatlanishi, chet elda tahsil olish, anjumanlar va boshqa hududiy konferensiyalar, shuningdek onlayn tadbirlarda ishtirok etish va fikr almashish imkoniyatlarini qoʻlga kiritishadi.
  • Dasturga hujjat topshirish jarayoni quyidagicha:

    • Nomzod avvalo 2023-yilning 1-noyabriga qadar Mayami universitetining yoʻnalishlaridan biriga hujjat topshirishi kerak;
    • Grant uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi. Universitetga hujjat topshirgan nomzodlar avtomatik ravishda dastur ishtirokchisiga aylanishadi;
    • Universitetga hujjat topshirgunga qadar barcha talablarni bajarish soʻraladi;
    • Nomzodlar birinchi navbatda Common Applicaiton tizimi orqali ariza topshirishlari kerak boʻladi. Ariza topshirish uchun 70 AQSh dollari miqdorida bit martalik toʻlov qilinadi. Hujjat topshirish jarayonida barcha joyga bir xil e-mail manzilini yozishni unutmaslik kerak;

    Grantga ariza topshirish uchun quyidagilar talab qilinadi:

    • Onlayn ariza topshirish;
    • Maktab attestati yoki kollej, litsey diplomi. (Hali oʻqishni bitirmaganlar hozirgacha olgan baholarini joʻnatishadi). Oʻrta taʼlimni AQShda tamomlamaganlar baholarini ushbu havolada aytilgan tarzda topshirishlari kerak boʻladi;
    • Agar mavjud boʻlsa SAT yoki ACT testi natijalari;
    • Onlayn ariza topshirish jarayonida maktab hisoboti soʻraladi. Bu qismni oʻquv joyidagi masʼul xodim yoki oʻqituvchi toʻldiradi;
    • Tavsiyanoma;
    • 250 soʻzdan iborat insho;
    • Agar hozirgi oʻqiyotgan yilda oʻqish joyidan 3 oy yoki undan ortiq taʼtil olingan boʻlsa, taʼtilning sababi va maqsadini yoritib beruvchi xat yozish soʻraladi. Agarda ushbu xatni onlayn ariza topshirish tizimiga yuklashning iloji boʻlmasa mydocuments@miami.edu. manzilga joʻnatish soʻraladi;
    • Moliyaviy sertifikat shakli (onlayn ariza jarayonida topish mumkin);
    • Agarda qoʻshimcha akademik va shaxsiy yutuqlar mavjud boʻlsa, conductupdate@miami.edu manziliga hujjat topshirgan vaqtdayoq joʻnatish kerak;

    Barcha joʻnatilgan hujjatlar ingliz tilida boʻlishi kerak.