Yangilik 12.05.2023 83

Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan ishlab chiqilgan va ishga tushurilgan ilm-fan sohasiga oid elektron platformalarni keng targ'ib qilish maqsadida seminarlar tashkil etilmoqda

Joriy yilning may oyidan boshlab respublikamizning 12 ta viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻylab 5 oy davomda Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan ishlab chiqilgan va ishga tushurilgan ilm-fan sohasiga oid elektron platformalarni keng targʻib qilish maqsadida seminarlar tashkil etilmoqda.


Platformalar asosan ilmiy izlanish olib boruvchi, oliy taʼlim tizimi va ilmiy tadqiqot muassasalarida faoliyat yurutuvchi tadqiqitchilar uchun moʻljallangan. 

Markaz jamoasi mazkur platformalarni keng ommalashtirish uchun mamlakatimizdagi barcha oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida, jumladan may oyidan Fargʻona, Andijon, Namangan viloyatlarida seminarlar tashkil etishmoqda. 


*Malumot uchun:*Markaz tomonidan “Oʻzbekistonda mavjud ilmiy-texnik va tadqiqot laboratoriyalarini yagona elektron bazasi”(slab.gov.uz) , “Milliy ilmiy portal”(nsp.gov.uz) va “Ilmiy-texnik axborot tizimi”(ias.gov.uz) kabi elektron platformalar ishlab chiqilgan va yoʻlga qoʻyilgan