Yangilik 13.05.2023 153

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi uchun intellektual mulk boshqaruvi qo‘llanmasini ishlab chiqish”

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Jahon bankining “MUNIS” loyihasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi uchun intellektual mulk boshqaruvi qo‘llanmasini ishlab chiqish” loyihasi doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda tizim tashkilotlari, manfaatdor idora va tashkilotlar, intellektual mulk markazi rahbarlari, ITM va OTMlarning ilmiy va innovatsion ishlar bo‘yicha mas’ullari va patent bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etdi.


Mavzu yuzasidan intellektual mulk masalalari bo‘yicha xalqaro ekspert va Jahon banki maslahatchisi Yekaterina Runova ma’ruza qildi. 

Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston olim-tadqiqotchilari, oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarining patent faoliyatini oshirishga qaratilgan yondashuvlar, shuningdek, ilmiy natijalari sifatini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. 

Loyiha doirasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish bo‘yicha strategik rejalarni amalga oshirish samaradorligini o‘lchash imkoniyatiga ega tahliliy vositalarni taqdim etish va yuqori sifatli tadqiqot natijalariga, shu jumladan mahalliy va xalqaro patentlarni olishga qaratilgan ilmiy faoliyatni rivojlantirishning tegishli amaliyotlarini o‘rganish kabi ko‘nikmalar shakllantiriladi.