Yangilik 05.07.2023 269

“Sifatli ta’lim va innovatsiyalar – barqaror kelajak asosi”

Bugun, 5-iyul kuni soat 14:00 da “Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida “Sifatli ta’lim va innovatsiyalar – barqaror kelajak asosi” xalqaro anjumani bo‘lib o‘tadi.

Unda O‘zbekistonning innovatsion rivojlanish strategiyasi, oliy ta’lim tizimidagi islohotlar, oliy ta’lim va innovatsion taraqqiyotning zamonaviy muammolari va tendensiyalari, Global innovatsiya indeksi va innovatsion rivojlanishning dunyo tajribasi masalalari muhokama qilinadi. 


📍Manzil: O'zbekiston Kinematografiya agentligi. (Event Hall)