Yangilik 30.10.2023 72

Ilmiy-texnik axborot markazi xodimlari Surxondaryo viloyatidagi universitetlarning laboratoriyalari sharoitlari bilan tanishishdi  

Joriy yilning 26-27 oktyabr kunlari Markaz xodimlari Surxondaryo viloyatidagi 4 ta universitetida bo'lishdi. Safar davomida xodimlar laboratoriyalar bilan tanishishdi va Markaz tomonidan yo'lga qo'yilgan elektron platformalar, jumladan  «O‘zbekistonda mavjud ilmiy-texnik va tadqiqot laboratoriyalarning yagona elektron bazasi», «Milliy ilmiy portal» va «Ilmiy-texnik axborot tizimi» haqida ma'lumotlar berishdi. Shuningdek, ushbu platformalar orqali dolzarb ilmiy yangiliklar bilan tanishib borish, barcha ilmiy-tadqiqot institutlari va tashkilotlar olib borayotgan ilmiy ishlardan xabardor bo'lish,  respublikamizdagi laboratoriya ishlanmalari yuzasidan ma’lumotlarni olish imkoniyatlari haqida ta’kidladilar.


Xususan, ilmiy laboratoriyalar bo'yicha statistik manbalar, barcha ilmiy-tadqiqot institutlari va tashkilotlar, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, laboratoriya ishlanmalari, qurilma va uskunalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o'z ichiga olgan ko‘p funktsiyali ilmiy-texnik va tadqiqot laboratoriyalarning yagona elektron bazasi (https://slab.gov.uz)dan erkin foydalanish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi.