Yangilik 23.11.2023 70

🔺Innovatsion rivojlanish agentligi delegatsiyasi Changshu Texnologiyalar Institutiga tashrif buyurib, institut va uning huzuridagi bir qator tadqiqot markazlari faoliyati bilan tanishdi.


Shu bilan birga, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Olimjon To’ychiyev Changshu texnologiya instituti huzuridagi Xitoyning Yevropa vodorod texnologiyasi innovatsion markazi tomonidan amalga oshiralayotgan ilg‘or texnologiyalar hamda vodorod texnologiyasidagi yutuqlar  va amalga oshirayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishdi. 



Shuningdek, Fotovoltaik fan va texnologiya instituti bilan tanishib, quyosh energiyasidan foydalanish maqsadida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va innovatsiyalari haqida ma’lumotga ega bo‘ldi.