Yangilik 23.06.2021 96

Innovatsion rivojlanish vazirligining Hayʼatining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Yigʻilish kun tartibiga koʻra loyihalar tanlovlari natijalariga koʻra moliyalashtirishga tavsiya etilgan amaliy loyihalar roʻyxati tasdiqlandi. Shuningdek, “Startap loyihalarni oʻrganish boʻyicha” Ilmiy-texnik Kengash tomonidan moliyalashtirishga tavsiya etilgan loyihalar muhokamasi boʻlib oʻtdi. 

Bundan tashqari, hayʼat muhokamasiga tijoratlashtirish va tijoratlashtirishgacha tayyorlash yuzasidan ishlarini amalga oshirish va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirishga tavsiya etilgan loyihalar koʻrib chiqildi va tasdiqlandi. 

Vazirlik huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi direktori Aleksandr Soy Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021-yil 4-iyundagi yigʻilishida koʻrsatilgan loyihalarning ekspertiza natijalari toʻgʻrisida axborot berdi.