Yangilik 17.09.2021 293

“IT-Park” hamda “Eydos-Robotexnika” va “Eydos-meditsina” kompaniyalariga tashrif

Innovatsion rivojlanish vazirligi delegatsiyasi Tatariston Respublikasining “IT-Park” yuqori texnologiyalar texnoparkiga tashrif davomida texnopark tuzilmasi, rezidentlari, maxsus dasturlari va rivojlanish rejalari bilan tanishdilar. 

“IT-Park” yuqori texnologiyalar texnoparki Qozon shahrida 2009-yilda va Naberejnыye Chelnы shahrida 2012-yilda tashkil etilga boʻlib, Tatariston iqtisodiyotida axborot texnologiyalar (AT) sohasi ulushini koʻpaytirish va AT sohasidagi kompaniyalar rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga ixtisoslashgan. Hozirgi kunda umumiy hisobda 266 rezident kompaniyalar mavjud boʻlib, 2020-yilning uzida ushbu kompaniyalarning daromadi 100 mln. AQSH dollaridan ortiqni tashkil etdi. 

Texnopark rezidentlari oʻzlarining startap loyihalari taqdimotini oʻtkazishdi. Jumladan, inson sogʻligini muntazam nazoratda ushlab turuvchi uskuna, inson ratsionini shakllantirish va oziq-ovqat yetkazib berish tizimlarini integratsiyalashtirgan holda xizmat koʻrsatuvchi platformalar boʻyicha maʼlumotlar berildi. Ushbu startap vakillari “InnoWeek–2021” innovatsion gʻoyalar haftaligiga taklif etildi va ularning mahsulotlari namoyishi qilinishiga kelishib olishdi. 

“Eydos-Robotexnika” va “Eydos-meditsina” kompaniyalari bilan tanishish chogʻida tomonlar texnologiyalar transferi imkoniyatlarini muhokama etishdi. “Eydos-Robotexnika” koʻp maqsadli kompaniyalar guruhi hisoblanib, ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish, samaradorligini oshirishga olib keluvchi robototexnik yechimlarni yaratadi va ishlab chiqaradi. “Eydos-Meditsina” – bu zamonaviy innovatsion kompaniya hisoblanib, “MedVision” brendi ostida yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiyot stimulyatorlarini yaratish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniya aktivida 15 dan ortiq patentlar mavjud boʻlib, daromadliligi yiliga 10 mln. AQSH dollaridan ortiqni tashkil etadi. Oʻz mahsulotlarini AQSH, Yaponiya, Yevropa va boshqa mamlakatlarga eksport qiladi. 

Uchrashuv davomida tomonlar Oʻzbekistonga robototexnika texnologiyalarini Oʻzbekistonga transfer qilish hamda kichik ishlab chiqarish platformalarini tashkil etish boʻyicha kelishuvlarga erishishdi. Bunda “Eydos-Robotexnika” hamda Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri aloqalarni joriy etish boʻyicha va hamkorlikda yuqoridagi loyihani amalga oshirish boʻyicha kelishib olindi.