Yangilik 24.09.2021 411

TOSHKENT SHAHRIDAGI AMITY UNIVERSITETIDA DUNYO BO‘YLAB ENG YETUK MUTAXASSIS OLIMLARNI JALB ETGAN HOLDA OLIMLAR VA PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR UCHUN “XALQARO PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR MUHOKAMALARI FORUMI”NING 2-TURKUM DASTURI BO‘LIB O‘TADI.

Ma’ruzani Vinchenzo Piuri, “Turli xil texnologiyalar taklif etayotgan imkoniyatlardan foydalanib, aqlli muhitni qanday yaratish mumkin?” mavzusi bo‘yicha olib boradi.

Vinchenzo Piuri – italiyalik mashhur olim, IEEE xodimi va ACMning taniqli olimi hisoblanadi. U axborotni qayta ishlash sohasidagi faoliyati bilan mashhur bo‘lib, sunʼiy intellekt, hisoblash intellekti, signal tasvirni qayta ishlash, biometriya, sanoat ilovalari, o‘lchov tizimlari, arifmetik birliklar va xatolarga bardoshli arxitekturalarga alohida eʼtibor qaratgan.

Vinchenzo Piurining hozirgi kungacha qo‘lga kiritgan yutuqlari va mukofotlari tahsinga loyiqdir, u xalqaro jurnallar va konferensiyalarda 400 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr etgan. Hozirda u muhandislik sohasidagi eng yaxshi italyan olimlaridan biri sifatida qayd etilgan.

Toshkent shahridagi Amity universitetida ushbu turkumdagi dasturlarni yo‘lga qo‘yishdan maqsad, Respublikada olimlari faoliyatini rag‘batlantirish va ularning dunyoning eng ko‘zga ko‘ringan mutaxassislari bilan muhokamalarini tashkil etish, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish darajasi va sifatini yanada oshirishga ko‘maklashishdan iborat.

Shu munosabat bilan, ta’lim sohasidagi barcha xodimlarni va ushbu yo‘nalishga qiziqqanlarni
30 sentabr kuni 14:30 da Amity universitetiga taklif etib qolamiz. Ishtirok etish bepul.

Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak ko‘chasi 70-uy.

 

 

Manba: https://edu.uz/uz/news/view/2914