Yangilik 09.10.2021 213

“Sharh al-Aqoid an-Nasafiy” asarining akademik ilmiy-izohli tarjimasi hamda uning android va multimedia dasturlarini yaratiladi

Innovatsion rivojlanish vazirligi hayʼatining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdiyu unga Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov raislik qildi.  Yigʻilishda qator amaliy va startap loyihalar koʻrib chiqildi. Ular ilmiy asoslangani, kelgusida amaliy natija olish mumkinligi kabi parametrlarga javob bergan  uch yillik uchta amaliy loyiha hamda bajarilishi bir yilga moʻljallangan bitta startap loyihaning moliyalashtirilishi tasdiqlandi. Muhokamalar davomida tegishli ilmiy-texnik kengashlari raislari Hayʼat raisi va aʼzolarining savollariga javob berishdi.  Loyihalar Hayʼat aʼzolari tomonidan ochiq ovoz berish yoʻli bilan aniqlandi.  

 

2021-2024-yillarda amalga oshiriladigan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga kiritiladigan amaliy loyihalar roʻyxati

Loyiha nomiLoyiha rahbariIjrochi tashkilot

Loyihani bajarish muddati

(yil)

Ajratilgan mablagʻ

(mln. soʻmda)*

Umumiy1-yil uchun2-yil uchun3-yil uchun
“Tarix va arxeologiya fanlari” yoʻnalishi boʻyicha
1.                  “Sharh al-Aqoid an-Nasafiy” asarining akademik ilmiy-izohli tarjimasi hamda uning android va multimedia dasturlarini yaratishAminov Xamidulla AbdiraximovichOʻzbekiston musulmonlari idorasi31 026,7927340,5949352,6929333,5049
“Farmakologiya va farmasevtika fanlari” yoʻnalishi boʻyicha
2.                  Mahalliy dorivor oʻsimliklar (tukli erva oʻti, dala qirqboʻgʻimi oʻti, naʼmatak mevasi, archa mevasi, moychechak guli va boshqalar) quruq ekstraktlari majmuasi asosida siydik yoʻllari yalligʻlanishi xastaliklarini davolashda ishlatiladigan yangi dori vositasi texnologiyasini ishlab chiqishMaxkamov Xursand MansurovichA.Sultanov nomidagi Oʻzbekiston kimyo-farmasevtika ilmiy-tadqiqot instituti31 471,0096494,7136498,4301477,8659
“Oʻrmon xoʻjaligi, tuproqshunoslik va oʻsimliklarni himoya qilish fanlari” yoʻnalishi boʻyicha
3.                  Fosfor adsorbsiyasi izotermik modellari asosida tuproqlarning fosfor taʼminotini yaxshilash texnologiyasini yaratishBoirov Abdunabi JoʻrayevichTuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti32 398,6971799,4881799,8174799,3916
Jami4 896,49941 634,79661 650,94041 610,7624
            

*Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlariga asosan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar miqdori oshgan holatlarda loyihaning umumiy moliyalashtirish hajmiga oʻzgartirish kiritiladi.

 

Bajarilishi 2021-2022-yilga moʻljallangan startap loyiha

Loyiha nomiLoyiha rahbariIjrochi tashkilot

Loyihani bajarish muddati

(yil)

Ajratilgan mablagʻ

(mln. soʻmda)*

Umumiy1-yil uchun

 

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan eʼlon innovatsion hududlardagi muammolarning yechimiga qaratilgan startap loyihalari tanloviga taqdim etilgan

 

1.                   Isatis tinctoria (oʻsma) oʻsimligidan boʻyoq ajratib olish texnologiyasiMajidova Yulduz Gʻayrat qiziMajidova Yulduz Gʻayrat qizi*1351,1351,1
Jami351,1351,1
        

*Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan “Startap” loyihalarni tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizom”ning 26-bandiga muvofiq kollegial organ tomonidan moliyalashtirilishi maʻqullangan “startap” loyihani moliyalashtirish toʻgʻrisidagi shartnoma ushbu startap loyihani amalga oshirish uchun ochilgan yuridik shaxs (kompaniya) bilan tuziladi.