Vazir nutqi 22.10.2021 88

Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi.

Bugungi kunda, Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan innovatsion rivojlanish yo‘lidan dadil bormoqda. So‘nggi bir necha yil davomida davlat tomonidan ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha katta ishlarni amalga oshirildi.

Jumladan, mustahkam me'yoriy-huquqiy baza yaratilib, ilm-fan va innovatsiyalarga sezilarli darajada davlat xarajatlari amalga oshirish islohotlari olib borildi.

Yangi infratuzilma ob'ektlarini foydalanishga topshirish va kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha faol ishlar, shular jumlasidandir.

Katta g‘ayrat bilan butun jahon ilmiy hamjamiyatiga kirib, jahon xalqaro tashkilotlari va moliyaviy rivojlanish institutlari bilan hamkorlik yo‘nalishlarini doimiy ravishda kengaytirib va mustahkamlab bormoqdamiz.

O‘tgan yili mamlakatimiz uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng birinchi marta Global Innovatsion Indeks reytingiga kirdi. O‘zbekiston 131 o‘rindan 93-o’rinni egalladi (2015 yilda oxirgi marta O‘zbekiston 140 o‘rindan 122-o‘rinni egallagan edi).

Jahon iqtisodiyotining jadal rivojlanishi sharoitida Innovatsion rivojlanish vazirligining sa'y-harakatlari murakkab muammolarni hal qilishda samarali innovatsion yondashuvlarni izlashga va mamlakatning yangi vazifalarni bajarishga tayyorligiga qaratilgan. Buning o‘ta muhim shartlaridan biri - bu barcha ishtirokchilarni innovatsion tizimga jalb qilishdir.

Tarixiy jihatdan olimlarning O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida to‘planishi, mintaqalarning sezilarli darajada orqada qolishiga olib keldi. Natijada, bizda ilmiy va innovatsion sohalarda moliyalashtirish darajasi, kadrlar va infratuzilmani qo'llab-quvvatlash darajasi past.

Ushbu muammolarni hal qilish maqsadida, Prezidentimiz tomonidan aniq ko‘rsatmalar berildi. Asosiy yangilik, bu hududiy boshqarmalarning ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish vazifalarini mustahkamlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirishdan iborat.

Innovatsion rivojlanish vazirligi va viloyat hokimliklari hamkorlikda ilmiy va innovatsion loyihalarni moliyalashtirish bo'yicha tanlovlar o'tkazishni boshlaydi.