E'lon 18.03.2022 126 Tugash sanasi: 31.12.2022

Tataristonning INNOPOLIS Universitetiga aspiranturada o‘qish uchun tanlov

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi ANO VO “Innopolis universiteti” (keyingi o‘rinlarda – Universitet) 2022-yilda “Matematik modellashtirish, raqamli metodlar va dasturiy komplekslar” yo‘nalishi (profil) bo‘yicha aspiranturada ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash dasturlariga (keyingi o‘rinlarda - aspirantura) qabul e’lon qiladi. Aspirantura dasturi kunduzgi ta’lim bo‘yicha 3 yil davomida amalga oshiriladi.

Aspirantura dasturiga quyidagilar kiradi:

  1. Fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tayyorlash va nashrlar va (yoki) patentga talabnomalar tayyorlashga qaratilgan ilmiy komponent;
  2. Ta’lim komponenti, shu jumladan nomzodlik imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish va amaliyoti;
  3. Tayyorlangan dissertatsiyani baholash uchun o‘tkaziladigan yakuniy attestatsiya.

Universitetda 2021-2022 o‘quv yili uchun aspiranturada o‘qish narxi yiliga 800 000 (sakkiz yuz ming) rublni tashkil etadi. Aspiranturada ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash dasturlari to‘g‘risidagi federal qonunchilikdagi o‘zgarishlar tufayli ta’lim xarajatlari o‘zgarishi mumkin.

Universitetning aspirantura dasturi bo‘yicha o‘qish uchun talabgorlar tanlovning quydagi bosqichlaridan o‘tadilar:

  1. Universitet veb-saytiga ariza topshirish (htts://apply.innopolis.ru/get-in/ havolasi orqali) va birlamchi tanlov bosqichidan o‘tish;
  2. Matematika, ingliz tili va mutaxassislik bo‘yicha test sinovlarini topshirish;
  3. Matematika fanidan og‘zaki suhbatdan o‘tish;
  4. Talabgorlarni qabul qilish va jalb qilish bo‘limi hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlash dasturlarini tashkil etish bo‘limi vakillari bilan suhbatdan o‘tish;
  5. Ilmiy rahbar bilan suhbatdan o‘tish, ilmiy tadqiqot mavzularini belgilash;
  6. Aspirantning ilmiy ishiga rahbarlik qilish uchun rahbardan rasmiy rozilik xatini olish.

Universitetda aspirantura bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotni prorektor o‘rinbosari – Kamaletdinova Tatyana Sergeevnadan olish mumkin:

tel. +7 (927) 039 45 05, e-mail: t.kamaletdinova@innopolis.ru

Murojaat uchun 71 203 3223 (242) raqamiga bog‘lanish mumkin.

Natijlar Inovatsion rivojlanish vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.