O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi (keyingi o’rinlarda - Agentlik) O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning tegishli qarorlari va topshiriqlarida yuklangan vazifalarni ijrosini ta’minlash
hamda nomzodlarni ehtiyojiga ko’ra yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlar (markazlar, universitetlar va boshqalar)ga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga (keyingi o’rinlarda - stajirovka) yuborish maqsadida tanlov e’lon qiladi.
Shu munosabat bilan, oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar (keyingi o’rinlarda - buyurtmachilar) stajirovka o’tashga tavsiya qilinuvchi (ehtiyoji mavjud) nomzodlar to’g’risidagi ma’lumot (hujjat)larni 1- va 2-ilovalarga muvofiq belgilangan tartibda joriy yilning 6-aprel sanasiga qadar Agentlikka taqdim etishlari mumkin.
Nomzodlar to’g’risidagi ma’lumot (hujjat)lar buyurtmachilar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarori bilan tasdiqlangan “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish tartibi to’g’risida”gi Nizom (keyingi o’rinlarda - Nizom) talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan va umumlashtirilgan holda Agentlikning info@mininnovation.uz yoki exat@mininnovation.uz elektron manziliga yuboriladi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, nomzodlarni tavsiya etish jarayonining xolisligini va taqdim etilayotgan ma’lumot (hujjat)larning to’liqligi, haqqoniyligi shu bilan birga, tavsiya etilgan nomzodlarni saralash tanlovlarda ishtirokini ta’minlashingizni so’raymiz.
Qo’shimcha ma’lumotlar olish uchun: Ilmiy stajirovkalarni va laboratoriya asbob-uskunalari xaridini tashkil etish bo’limi boshlig’i Taxirov Sarvarbek Matchanovich telefon: (90) 989 24 05, elektron manzil: s.takhirov@mininnovation.uz
Hamda yetakchi mutaxassisi Sultonov Sulaymon Ulug’bekovich, telefon: (94) 420 68 70 elektron manzil: s.sultanov@mininnovation.uz.
Ma’lumot o’rnida: Tavsiya etilgan nomzodlar to’g’risidagi ma’lumot (hujjat)lar qo’shimcha ma’lumotlar olish uchun keltirilgan Agentlik xodimlari elektron manziliga yuborilmaydi.