E'lon 05.09.2024 13 Tugash sanasi: 25.09.2024

⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muhandislik sohasini targ‘ib etishga qaratilgan videoroliklar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovga taqdim etiladigan videoroliklar quyidagi talablarga asosan shakllantirilishi lozim:

➖ nizomda ko‘rsatilgan talablarga javob berishi;

➖ kreativ yondashilgan bo‘lishi;

➖ muhandislik yo‘nalishida to‘liq tushuncha bera olishi lozim.

🔖 TANLOV NIZOMI👈

Tanlov yakuni bo‘yicha g‘olib deb topilgan 5 nafar ishtirokchi quyidagi miqdorda pul mukofotlari va maxsus sertifikat bilan rag‘batlantiriladi:

1️⃣-o‘rin - 30 million so‘m;

2️⃣-o‘rin - 25 million so‘m; 

3️⃣-o‘rin - 20 million so‘m;

4️⃣-o‘rin - 15 million so‘m;

5️⃣-o‘rin - 10 million so‘m.

Shuningdek, tanlovda faol ishtiroki uchun 6-10-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar ham qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

📩 Ariza yuborish uchun havola: https://forms.gle/k2J1ySLDuw4Hmn5g7

Tanlovga arizalar 2024-yilning 5-sentyabridan 25-sentyabr kuniga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.