Startap loyihalarni qabul qilishda quyiladigan shartlar:
- Arizalar 5 yanvardan 1 iyungacha qabul qilinadi;
- 1 ta ishtirokchi 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi;
- Startap loyihalar asosida maket va
(yoki) prototip, dasturiy mahsulot, xizmatlar va ijtimoiy mahsulotlar
yaratishning yeng ko‘p muddati 1 yildan oshmasligi lozim;
Loyihaga baho berishda quyidagilar hisobga olinadi:
- Loyihaning innovatsionligi –
respublikada avval qo‘llanilmagan yangi texnologiyalar va (yoki)
jarayonni tashkillashtirish tamoyillaridan foydalanish darajasi, bunda
loyiha respublikada avval ishlab chiqarilmagan yangi mahsulot
(intellektual mulk ob’ekti mavjud bo‘lganda) ishlab chiqarish, yangi
xizmat yaratishni ko‘zda tutadi;
- Loyihaning texnik jihatdan mukamalligi, shu jumladan yakunlanganlik darajasi;
- Muhofaza qiluvchi hujjatlar
mavjudligi – patent yoki patentga ariza, va/yoki ilmiy-texnik
hujjatlarning to‘liq komplekti, va/yoki ko‘zda tutiladigan mahsulot
(texnologiya)ning texnik reglamenti, sinov dalolatnomalari, mahsulot
na’munasining mavjudligi;
- Loyihaning investitsion jozibadorligi
– qo‘shimcha foyda keltirib, kiritilgan mablag‘lar tavakkalchiligini
kamaytiradigan qulay investitsion va innovatsion shart-sharoitlar
majmuidir. Loyihaning investitsion jozibadorligi uning mamlakat
taraqqiyotining uzoq muddatli istiqbollariga muvofiqligi, loyihaning
qiymati, tavakkalchiliklarning hisobga olinishi, o‘zini o‘zi qoplashi
va rentabelligi bilan belgilanadi; - Loyihani moliyaviy rejalashtirish –
loyiha moliyaviy ta’minotining rejalashtirilayotgan ishlarga muvofiqligi
va harajatlar smetasining asoslanganligidir;
- Marketing rejasi – loyihani amalga
oshirish strategiyasi, bozor hajmi, maqsadli auditoriya,
aloqalar/sotuvlarning asosiy kanallari, raqobat muhiti va h.
- Loyihani amalga oshirishdan
kutilayotgan natijalar – ajratiladigan mablag‘lardan samarali
foydalanish, amalga oshiriladigan tadbirlarni bajarish sifati va
muddatlari, import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan ilmiy
asos talab qiladigan mahsulot ishlab chiqarishni tashkillashtirish;
O‘zbekiston
Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining tanlov g‘oliblari
borasidagi qarori qat’iy va qayta ko‘rib chiqilmaydi!
Tanlovga arizalar tomonlar o‘rtasida kelishilgan holda, mos ravishda taqdim qilinishi shart. Bunda quyidagi hujjatlar asl nusxalari PDF shaklida startup.mininnovation@gmail.com pochtasiga yuborilishi lozim:
- Startap loyiha muallifi tomonidan imzolangan ariza;
- Startap loyiha pasporti;
- Startap loyiha biznes matni;
- Xarajatlar smetasi;
- Loyihaning Vengriya tomonidan ishtirokchisi haqida ma’lumot.
Taqdim etilgan loyihalar tanlov talablariga qat’iy rioya qilinganligi, loyiha
materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, ko‘chirmachilikka
(plagiat) yo‘l qo‘yilmaganligi, talablar asosida shakllantirilganligi,
shuningdek startap loyiha yakunida qo‘lga kiritiladigan muhim
natijalarning tadqiqot dizayniga muvofiq to‘liq asoslanganligi va
so‘ralgan mablag‘larning tanlov shartlarida keltirilgan moliyalashtirish
hajmiga muvofiq to‘g‘ri hisob-kitob qilinganligi bo‘yicha dastlabki texnik ekspertizadan o‘tkaziladi.
- Dastlabki texnik ekspertizadan o‘tmagan loyihalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi!
- Tanlovga faqat bitta
ijrochi tomonidan taqdim etilgan loyihalar, shuningdek ekspertiza
natijalari bo‘yicha bir tomonlama yoki ikkala tomondan ham
moliyalashtirish rad qilingan loyihalar tanlovdan chetlashtiriladi!
Qo‘yidagi hollarda taqdim etilgan loyihalar tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etilmasligi mumkin:
- Loyihaning Vengriya tomonidan ishtirokchisi haqida ma’lumot.
- Startap loyiha mazmunan innovatsion hususiyatga ega emasligi;
- Startap loyihaning maqsad va vazifalari yoritib berilmaganligi;
- Startap loyihalarni amalga oshirish
uchun ajratiladigan mablag‘ni binolarni rekonstruksiya qilish va
ta’mirlash-qurilish ishlariga, shuningdek, avtotransport vositalarini
xarid qilishga sarflansa.
Taqdim
etilgan startap loyihalardagi ma’lumotlarning haqqoniyligi va
ishonchliligi hamda tanlov g‘oliblari tomonidan startap loyihalarning
natijadorligi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan
natijalarni to‘la va o‘z vaqtida sifatli bajarilishiga startap loyiha
rahbarlari, mazkur loyihani bajaruvchi tashkilot rahbarlari javobgar
hisoblanadilar.
Tanlov natijalari bo‘yicha barcha yangiliklar bilan Vazirlik sayti orqali tanishish mumkin.
Startap
loyihalarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq texnik masalalar
bo‘yicha Innovatsion rivojlanish vazirligining texnik jihatdan
qo‘llab-quvvatlash xizmati: +998-71-203-32-23 (ichki raqam: 216).