E'lon 16.05.2023 87 Tugash sanasi: 10.06.2023

📣FoundHer Application is open

Plug and Play Texnik markazi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonlik ishtirokchilar uchun FoundHer tanlov dasturi boshlanganini e’lon qiladi!

🚀AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ning Kelajak taraqqiyoti tashabbusi (Future Growth Initiative) bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu yangi dastur ayol tadbirkorlarni o‘z sohalarida muvaffaqiyatga erishish uchun zarur resurslar va vositalar bilan ta’minlash orqali ularning imkoniyatlarini kengaytirish va qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan.

💡Dastur maqsadi tadbirkorlikdagi gender tafovutini bartaraf etishga yordam berish va yanada inklyuziv va xilma-xil startap ekotizimini yaratishdan iboratdir. FoundHer dasturi orqali ayol ta'sischilar murabbiy yordami, tarmoq imkoniyatlari, moliyalashtirish sirlari va boshqa ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ladilar. Tanlovda qatnashish uchun startap loyihaning kamida bitta asoschisi ayol bo'lishi kerak.

✅Ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi havoladan foydalaning: https://plugandplaytc.typeform.com/FoundHerUz