E'lon 01.06.2023 229 Tugash sanasi: 31.07.2023

AQSHda yetakchilik mahoratini oshirishga qaratilgan 3 oylik Hurford Youth Fellowship dasturi

Umumiy ma'lumotlar

Hurford yoshlar dasturi (Hurford Youth Fellowship Program) liderlik va tashkilotchilik ko’nikmalarini shakllantirish, oshirish hamda demokratiya sohasida dunyoning yetakchi liderlaridan saboq olishga mo’ljallangan uch oylik, to’liq moliyalashtiriluvchi dasturdir.

Dastur davomiyligi 3 oy bo’lib, 2024-yilning 1-martidan 31-mayiga qadar nomzodlar demokratiya sohasidagi asosiy muommolar bo’yicha strategik uchrashuvlarga qatnashish, tadqiqot va taqdimotlar o’tkazish, ma’lumot almashinuv seanslari, onlayn muhokamalar tashkil etish imkoniyatga ega bo’lishadi. Ular quyidagi mavzularda bo’lishi lozim:

  • Demokratik makonni himoya qilish- Defending Democratic Space; 
  • Inklyuziv boshqaruvni rivojlantirish- Promoting Inclusive Governance;
  • Demokratik yetakchilikni mustahkamlash- Strengthening Democratic Leadership

Maqbullik shartlari

Nomzodlar quyidagi maqbullik shartlariga mos tushishlari talab etiladi: 

  • 30 yoshdan yuqori bo’lmasligi;
  • Ingliz tili bilish darajasining yaxshi bo’lishi (arizalar hamda dastur ingliz tilida olib boriladi);
  • Dunyo bo’ylab demokratiyani rivojlantirishga hamda demokratik faollikka chuqur qiziqishi lozim;
  • Dasturda barcha davlat fuqarolari qatnasha oladi.

Foydali tomonlari

  • Dastur doirasida nomzodlar quyidagi imkoniyatlarga ega bo’lishi mumkin:

    • Yashash xarajatlari (turar joy, oziq-ovqat va boshqa muhim harajatlar) uchun oylik stipendiya beriladi;
    • Vashingtongga borish-kelish yo’l xarajatlari qoplanadi;
    • Tibbiy sug’urta xarajati beriladi;
    • Internet, e-maildan foydalanish imkoniyati, dastur bilan bog’liq, uzoq hududlarga amalga oshirish imkoniyati bo’lgan qo’ng’iroqlar uchun chegaralangan budjet mavjud bo’lgan, to’liq jihozlangan ofis beriladi;
    • 20 mingga yaqin asar, demokratiya haqidagi kitoblar, jurnallar, grant oluvchilarning hisobotlari va boshqalarni o'z ichiga olgan Demokratiya Resurs Markazi (DRC) dan foydalanish imkoniyati beriladi;
    • Demokratiya Resurs Markazi (DRC)ning 5 nafar xodimidan tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlariga beriladigan yordam;
    • Zarur holatlarda boshqa mahalliy kutubxonalardan ham foydalanish imkoniyati bo'ladi.
    • Batafsil: https://www.nedfellowships.org/