E'lon 30.06.2023 98 Tugash sanasi: 01.08.2023

25 yoshgacha boʻlgan yosh ixtirochilar uchun “Raqamli texnologiya yoshlar nigohida” shiori ostida innovatsion gʻoyalar tanlovi

Umumiy maʻlumotlar

Innovatsion rivojlanish agentligiga qarashli oʻquvchi-yoshlarga bagʻishlangan ilmiy-texnikaviy, tahliliy-ommabop nashr – “INNOVATOR” jurnali 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan onlayn tanlovlar doirasida “Raqamli texnologiya yoshlar nigohida” shiori ostida tanlov eʼlon qiladi.

Turmush tarzimizda keng foydalanadigan koʻplab ixtirolar aynan bolalar tomonidan yaratilgan. Tadqiqotlarga koʻra, har yili dunyo boʻylab 500 mingdan ortiq bolalar va oʻsmirlar tomonidan turli ixtirolar, jumladan, moslamalar, oʻyinlar, robotlar yaratilar ekan. Ushbu tanlovning asosiy maqsadi isteʼdodli yoshlarni kashf qilish va ularning ixtirolarini ommaga tanishtirishdir.

Gʻoliblar 2023-yil 1-avgust kuni soat 17:00 da “INNOVATOR” jurnalining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida eʼlon qilinadi.

Maqbullik shartlari

  • Tanlovda 7 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan yoshlar qatnashishlari mumkin;
  • Ishtirokchilar oʻz turmush tarzidan kelib chiqqan holda, foydali ixtirolarni oʻylab topishi lozim;
  • Oʻz ishlanmalariga ega qatnashchilar ham tanlov shartiga muvofiq, ixtirolarining foydali jihatlari aks etgan videorolik (surat)larni ilova qilishlari mumkin.  

Foydali tomonlari

  • 1-,2-,3-oʻrin sohibi va sohibalariga maxsus diplom va sovgʻalar topshiriladi;
  • Tanlov gʻoliblari haqida”INNOVATOR” jurnalida maqola ham tayyorlanadi;
  • Tanlovda ishtirok etgan barcha qatnashchilarga taqdimot kuni sertifikat hamda esdalik sovgʻalari topshirilishi koʻzda tutilgan.


Batafsil ushbu havolada.