Future Leaders Exchange Program (FLEX) — Kelajak Liderlari Almashinuvi dasturi AQSh Davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladi. Dastur maktabning yuqori sinf va kollej/litsey oʻquvchilarini 1 yil davomida AQShda bepul yashash va taʼlim olishini taʼminlaydi. Gʻolib nomzodlar koʻngilli sifatida ishtirok etayotgan AQShdagi mezbon oilada dastur mobaynida bepul yashaydilar va mahalliy maktabda oʻqish imkoniga ega boʻladilar.
Xalqaro Taʼlim boʻyicha Amerika Kengashlari dasturning barcha tashkiliy ishlariga masʼuldir, jumladan tanlov jarayonlari, imtihon oʻtkazish, gʻoliblarni tanlash, dastur oldi tayyorlov tadbirlari va sayohat ishlarini tashkil etish. Dasturning asosiy maqsadi AQSh va boshqa davlatlar oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni oʻrnatish va yoshlarga turli millat va jamiyatlarning madaniyatini oʻrganish va oʻz mamlakatlarining vakili sifatida yetakchilik qilishiga imkon berishdir.
FLEX gʻoliblari dastur davomida oʻzlarida yetakchilik koʻnikmalarini shakllantiradilar. Amerika jamiyati va qadriyatlari bilan tanishadilar, amerikaliklarga oʻz mamlakatlari va madaniyatlari haqida oʻrgatadilar. Shuningdek, AQShda turli jamoat ishlarida qatnashadilar va oʻz mamlakatlarining elchilari vazifasini bajaradilar. Dastur ishtirokchilarni chinakam shaxsiy rivojlanish imkoniyati bilan taʼminlaydi va mustaqil yashashga oʻrgatadi. Dastur qatnashchilari yosh, qiziquvchan va harakatchan liderlar sifatida oʻz mamlakatlariga qaytganida turli xil innovatsion ijtimoiy loyihalarni amalga oshiradilar, dastur mobaynida oʻrgangan bilim va koʻnikmalarini amaliyotda qoʻllaydilar.
Oʻzbekistonlik nomzodlar quyidagi talablarga mos kelishi lozim:2007-yil 15-iyul hamda 2009-yil 15-iyul sanalari oraligʻida tugʻilgan boʻlishi
FLEX dasturi gʻoliblari quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladilar:
Batafsil ushbu havolada.