E'lon 30.06.2023 26 Tugash sanasi: 01.10.2023

AQShda to'liq moliyalashtirilgan holda 9 oygacha yashab, tadqiqot qilish imkonini beruvchi Getty Scholar grant dasturi

Umumiy maʻlumotlar

Getty Scholar dasturi san’at, gumanitar yoki ijtimoiy fanlar yo‘nalishida tadqiqot olib boruvchi yuqori darajali mutaxassislar, taniqli olimlar va favqulotda iste’dodli izlanuvchichilarga o‘z sohalari bo‘yicha yangi bilimlarni o‘zlashtirishlari va kashf etishlari uchun grant taklif qiladi.

Olimlar ish bilan bog‘liq majburiyatlardan ozod etilgan holda turar joy, barcha kerakli resurslar bilan ta’minlanadilar. Shuningdek, shaharning madaniy hayotidan bahra olish va ilmiy muhitga o‘zlarini baxshida etish imkonini qo‘lga kiritadilar.

Dastur bilan batafsil tanishish uchun ushbu havolani yoki bu yerda berilgan ma'lumotlarni o'qish tavsiya etiladi. 

Rezidentlik qilish muddati: 3oydan 6 oygacha.

Maqbullik shartlari

  1. San’at, gumanitar yoki ijtimoiy fanlarda ishlaydigan barcha millat tadqiqotchilari topshirishlari mumkin.
  2. Nomzodlarning loyiha bayonnomalari yil dasturiga mos kelishi kerak.
  3. So‘nggi uch yil ichida Getty Scholar mukofotiga sazovor bo‘lganlar arizasi qabul qilinmaydi.
  4. 2020-yil 1-sentabrdan keyin ilmiy darajasini olgan nomzodlar Postdoctoral fellowship dasturga ariza topshirishlari kerak.
  5. Getty xodimlari va ularning yaqin oila a’zolari stipendiya olish huquqiga ega emaslar.

Dastur bo'yicha qo'shimcha ma'lumotni bu yerda o'qish mumkin.

Hujjat topshirish

  1. Belgilangan muddatga qadar onlayn arizani to‘ldirish.
  2. Arizaching o‘quv va tadqiqot rejasini aks ettirgan loyiha bayonnomasi (elektron shaklda, ikki interval oralig‘ida, besh sahifadan oshirmagan holda loyiha yil dasturi bilan qanchalik mos kelishi(1) va Getty resurslari, shu jumladan, kutubxonasi va kolleksiyalari loyiha uchun qanchalik ahamiyatli ekanligini(2) tasvirlash so‘raladi).
  3. CV/rezumye.
  4. Yozma ishlardan ixtiyoriy namunani biriktirishlari lozim.

Eslatma: Ariza portalga tashrif buyurib, login-parolni kirtish orqali istalgan vaqtda arizani kelgan joydan davom ettirish mumkin.

Anketani yaratgach va saqlangach, saqlangan arizaga qaytish uchun "Ilovalar: Davom etmoqda" havolasini tanlab, xuddi shu shaklda davom etish keral. Aks holda, tasodifan bir xil arizaning bir nechta versiyasini yaratish mumkin.

Hujjat topshirish jarayonlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.