E'lon 03.11.2023 62 Tugash sanasi: 12.11.2023

Joriy yilning 10-12-noyabr kunlari “TechGenius” nomli xakaton bo'lib o'tadi.

✅Ushbu loyiha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining (BMTTD) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan birgalikda xalqaro ekspertlar tomonidan Oliy ta’lim muassasalari, assotsatsiyalar, banklar va yirik kompaniyalar uchun o'tkazilmoqda. 

🟢Ishtirok etishni xoxlovchilar joriy yilning 7-noyabr kuniga qadar hackathon veb-sahifasida mavjud bo‘lgan shakldan foydalanib,  onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari kerak. 

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun - techgenius.uz.

✔️Shuningdek, xakatonlarni tashkil etish, biznes-inkubatorlar va startap-akseleratorlarni ishga tushirish boʻyicha ishlab chiqilgan qoʻllanma va uslubiy materiallar loyihalari taqdimoti 8-noyabr kuni bo'lib o'tadi.