TEXNOPARKLAR BOSHQARUVCHILARI VA INNOVATSION TADBIRKORLAR DIQQATIGA!
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahridagi oliy taʼlim muassasalari aro faoliyat yuritadigan innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparkini boshqaruvga berish uchun tanlov eʼlon qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktyabrdagi “Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 215-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi 497-f farmoyishiga muvofiq 2021-yil 1-noyabriga qadar tanlov oʻtkaziladi.
Tanlovda ustav kapitalida davlat ulushi boʻlmagan mustaqil boshqaruv kompaniyalari qatnashish huquqiga ega.
Yoshlarni innovatsion faoliyatga yanada kengroq jalb etish, ularning gʻoyalarini takomillashtirish va amaliyotga tatbiq qilish – Innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparki uchun boshqaruv kompaniyasini tanlashning asosiy shartlaridan biri etib belgilanadi.
Tanlovda qatnashish uchun arizachi Innovatsion rivojlanish vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
Ariza beruvchining biznes-rejasi quyidagi asosiy yoʻnalishlarni oʻz ichiga olishi lozim:
Texnoparkning kuchli va zaif tomonlarini yoritgan holda, Texnoparkning joriy holati tahlili;
bozor (tarmoq) boʻyicha marketing izlanishlari;
sof foydaning asoslangan prognoz koʻrsatkichlari (uch yilga).
Quyidagilar boʻyicha boshqaruv faoliyati dasturi:
- ishtirokchi sifatida davlat manfaatlarini ifodalash;
-Texnoparkning rivojlanish strategiyasini belgilash;
-Texnopark mulki saqlanishini (butligini) va undan oqilona foydalanishni taʼminlash;
-ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, Texnopark moliya-xoʻjalik faoliyatini takomillashtirish, davlat byudjeti oldida majburiy toʻlovlar va ish haqi boʻyicha qarzdorlik yuzaga kelishining oldini olish;
-Texnoparkda korporativ boshqaruv tizimini joriy etish va uni takomillashtirish;
-davlat manfaatlarini nazarda tutuvchi boshqa majburiyatlar va rejalar.
Arizalar 2021-yil 1-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00 gacha Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida qabul qilinadi.
Innovatsion rivojlanish vazirligining manzili: Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100174, Olmazor tumani, Universitet koʻch, 7 uy, elektron manzil: info@mininnovation.uz
Maʼlumot uchun telefonlar: 71-203-32-23 (213), 93 627-43-43