Tematik amaliy va innovatsion loyihalar tanlovi
O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Davlat oliy ta'lim muassasalarining akademik va
tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha
chora-tadbirlar to'g'risida” 2021 yil 12 dekabrdagi PQ-60-son hamda
“Davlat oliy ta'lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish
chora-tadbirlari to'g'risida” 2021 yil 12 dekabrdagi PQ-61-son qarorlari
bilan oliy ta'lim muassasalarining mustaqilligini kengaytirish, ular
faoliyatida davlat ma'muriy boshqaruvini keskin kamaytirish hamda shu orqali
o'zgaruvchan mehnat bozori talablariga javob bera oladigan yuqori malakali
kadrlar tayyorlovchi davlat oliy ta'lim muassasalari shakllantirilmoqda.
Bunda oliy ta'lim
muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini har
tomonlama qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Guliston davlat universiteti
ham Sirdaryo viloyatida etakchi oliy ta'lim muassasalaridan biri bo'lib, ilmiy
loyihalarni amalga oshirish uchun universitetda etarli ilmiy salohiyat
jamlangan.
Innovatsion rivojlanish vazirligi Guliston
davlat universitetida faoliyat ko'rsatayotgan olim va
mutaxassislarning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash, mavjud hududiy muammolar
echimiga qaratilgan ilmiy loyihalarni tanlov asosida moliyalashtirishni tashkil
etish maqsadida quyidagi fan yo'nalishlari bo'yicha amaliy va
innovatsion loyihalar tanlovini e'lon qiladi:
2.
Pedagogika
va psixologiya fanlari
3.
Kimyo fanlari, kimyoviy
texnologiyalar va nanotexnologiya fanlari
4.
O'rmon xo'jaligi, tuproqshunoslik
va o'simliklarni himoya qilish fanlari
5.
Qishloq xo'jaligi va
atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari
Tanlov shartlari (ilmiy loyihani
shakllantirishga qo'yiladigan talablar).
Tanlovga
taqdim etiladigan loyihalar quyidagi talablarga javob berishi zarur:
1.
Tanlovga loyihalar faqat Guliston davlat universiteti tomonidan
taqdim etiladi. Bunda:
ijrochi(lar) sifatida respublikamizdagi barcha ilmiy
tashkilotlar va oliy ta'lim muassasalarida faoliyat ko'rsatayotgan, loyiha
mavzusi yo'nalishida bo'yicha etarli ilmiy salohiyatga ega bo'lgan olim va
mutaxassislar jalb etilishi mumkin;
2.
Har bir loyihaga Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy
tashkilotlarda, shuningdek etakchi universitetlarda faoliyat ko'rsatayotgan
nufuzli olimlar va professor-o'qituvchilardan hamrahbar biriktirilishi
shart. Bunda:
loyiha hamrahbarining
Scopus va Web of Science xalqaro ma'lumotlar bazalaridagi Xirsh
indeksi 3 va undan yuqori bo'lishi lozim.
Yuqoridagi
talablarga javob bermagan loyihalar dastlabki texnik ekspertizadan
o'tkazilmaydi va
tanlovning keyingi bosqichi – ilmiy ekspertizaga kiritilmaydi.
Taqdim etilgan loyihalar
tanlov talablariga qat'iy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining
to'liqligi, ishonchliligi va haqqoniyligi, ko'chirmachilikka (plagiatga) yo'l
qo'yilmaganligi, belgilangan talablar asosida shakllantirilganligi,
shuningdek loyiha yakunida qo'lga kiritiladigan muhim ilmiy
natijalarning tadqiqot dizayniga muvofiq to'liq asoslanganligi va
so'ralgan mablag'larning to'g'ri hisob-kitob qilinganligi/asoslanganligi,
shuningdek, tanlovga taqdim etilgan loyihalarni amalga oshirish
muddatlarining tanlov shartlariga mosligi bo'yicha dastlabki texnik
ekspertizadan o'tkaziladi.
Tanlovga
taqdim etiladigan Davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron
platformasi – grant.mininnovation.uz orqali 2022 yilning 12 mayiga qadar faqat
elektron shaklda qabul qilinadi.
Ilmiy loyiha
hujjatlarini grant.mininnovation.uz elektron platformasi orqali ro'yxatdan o'tkazish jarayonida quyidagi
hujjatlar asl nusxalarining pdf/doc shakli elektron platformaga yuklanishi
lozim:
O'zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2018 yil
18 iyuldagi PQ-3855-son qaroriga muvofiq, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari
doirasida bajarilgan amaliy va innovatsion tadqiqotlar natijalari ular
yakunlanganidan so'ng to'liq tijoratlashtirilishi shart.
Taqdim etilgan loyihalardagi
ma'lumotlarning to'liqligi, haqqoniyligi va ishonchliligi hamda ilmiy
loyihalarning natijadorligi, tijoratlashtirish salohiyati, loyihada
rejalashtirilgan ilmiy-tadqiqotlarni to'la va o'z vaqtida sifatli bajarilishiga
ilmiy loyiha rahbarlari, ilmiy loyihani bajaruvchi ijrochi tashkilot rahbarlari
va tegishli yuqori turuvchi tashkilotlarning mas'ul xodimlari javobgar
hisoblanadilar.
Tanlovga taqdim etiladigan
loyihani amalga oshirish uchun so'ralayotgan umumiy moliyalashtirish hajmini
(5-shakl) hisoblashda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ushbu
havolaga joylashtirilgan hisob-kitob shaklidan foydalanish tavsiya
etiladi: http://grant.mininnovation.uz/site/example-docs .
eslatma: Tanlovga taqdim etilgan loyihalarning ko'rib
chiqish natijalari to'g'risidagi ma'lumotlar grant.mininnovation.uz elektron
platformasining “Tanlovlar natijalarni aniqlash bo'yicha interfaol xizmat”
sahifasi, shuningdek www.mininnovation.uz veb-saytidagi “Tanlovlar” ruknining “Tanlov
natijalari” interaktiv xizmati orqali taqdim etib boriladi.
Ilmiy loyihalarni grant.mininnovation.uz elektron platformasi orqali elektron ro'yxatdan
o'tkazish bilan bog'liq texnik masalalar bo'yicha Innovatsion rivojlanish
vazirligining texnik jihatdan qo'llab-quvvatlash xizmati: +998-71-203-32-32