Tataristonning INNOPOLIS
Universitetiga aspiranturada o‘qish uchun tanlov
O‘zbekiston
Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Tataristonning INNOPOLIS
Universitetiga aspiranturada o‘qish uchun tanlov e’lon qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi
Innovatsion rivojlanish vazirligi ANO VO “Innopolis universiteti” (keyingi
o‘rinlarda – Universitet) 2022-yilda “Matematik modellashtirish, raqamli
metodlar va dasturiy komplekslar” yo‘nalishi (profil) bo‘yicha aspiranturada
ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash dasturlariga (keyingi o‘rinlarda -
aspirantura) qabul e’lon qiladi. Aspirantura dasturi kunduzgi ta’lim bo‘yicha 3
yil davomida amalga oshiriladi.
Aspirantura dasturiga quyidagilar kiradi:
1.
Fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya
tayyorlash va nashrlar va (yoki) patentga talabnomalar tayyorlashga qaratilgan
ilmiy komponent;
2.
Ta’lim komponenti, shu jumladan nomzodlik imtihonlariga tayyorgarlik
ko‘rish va amaliyoti;
3.
Tayyorlangan dissertatsiyani baholash uchun o‘tkaziladigan yakuniy
attestatsiya.
Universitetda 2021-2022 o‘quv
yili uchun aspiranturada o‘qish narxi yiliga 800 000 (sakkiz yuz ming) rublni
tashkil etadi. Aspiranturada ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash
dasturlari to‘g‘risidagi federal qonunchilikdagi o‘zgarishlar tufayli ta’lim
xarajatlari o‘zgarishi mumkin.
Universitetning aspirantura
dasturi bo‘yicha o‘qish uchun talabgorlar tanlovning quydagi bosqichlaridan
o‘tadilar:
1.
Universitet veb-saytiga ariza topshirish (htts://apply.innopolis.ru/get-in/
havolasi orqali) va birlamchi tanlov bosqichidan o‘tish;
2.
Matematika, ingliz tili va mutaxassislik bo‘yicha test sinovlarini
topshirish;
3.
Matematika fanidan og‘zaki suhbatdan o‘tish;
4.
Talabgorlarni qabul qilish va jalb qilish bo‘limi hamda yuqori malakali
kadrlar tayyorlash dasturlarini tashkil etish bo‘limi vakillari bilan suhbatdan
o‘tish;
5.
Ilmiy rahbar bilan suhbatdan o‘tish, ilmiy tadqiqot mavzularini belgilash;
6.
Aspirantning ilmiy ishiga rahbarlik qilish uchun rahbardan rasmiy rozilik
xatini olish.
Universitetda aspirantura
bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotni prorektor o‘rinbosari – Kamaletdinova Tatyana
Sergeevnadan olish mumkin:
tel. +7 (927) 039 45 05,
e-mail: t.kamaletdinova@innopolis.ru
Murojaat uchun 71 203 3223
(242) raqamiga bog‘lanish mumkin.
Natijlar Inovatsion
rivojlanish vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.