Loyiha turi 04.04.2021 495

Innovatsion hududlar muammolari yechimiga qaratilgan startap loyihalar tanlovi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.04.2021 yildagi PF-6198-son “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni 3-ilovasiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda innovatsion hududga aylantirish dasturida ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida startap loyihalar tanlovini quyidagi innovatsion hududlar kesimida e’lon qiladi:

 Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda innovatsion hududga aylantirilayotgan tumanlar

                                  RO‘YXATI

  Hududlar       Tumanlar
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi       Nukus tumani
2. Andijon viloyati       Marhamat tumani
3. Buxoro viloyati       Romitan tumani
4. Jizzax viloyati       Do‘stlik tumani
5. Qashqadaryo viloyati       Nishon tumani
6. Navoiy viloyati       Karmana tumani
7. Namangan viloyati       Chust tumani
8. Samarqand viloyati       Urgut tumani
9. Sirdaryo viloyati       Sirdaryo tumani
10. Surxondaryo viloyati       Oltinsoy tumani
11. Toshkent viloyati       Ohangaron tumani
12. Farg‘ona viloyati       Oltiariq tumani
13. Xorazm viloyati       Gurlan tumani

Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2020 yil 9 martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan “Startap” loyihalarni tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”da belgilangan talablarga muvofiq o‘tkaziladi.

Startap loyihalarni qabul qilishda quyiladigan shartlar:

  • Tanlovda faqat keltirilgan innovatsion hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan innovatsion faoliyat sub’ektlari ishtirok etishi;
  • 1 ta ishtirokchi 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi;
  • Startap loyihalar asosida maket va (yoki) prototip, dasturiy mahsulot, xizmatlar va ijtimoiy mahsulotlar yaratishning yeng ko‘p muddati 2 yildan oshmasligi lozim;
  • Startap loyiha tashabbuskori – startap loyiha asoschilaridan bo‘lishi (kompaniya bo‘lgan taqdirda asosiy ulushdorlardan bo‘lishi).
  • Startap loyihalari tanlovini o‘tkazish shartlari:
  • Tanlovda ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamdagi biznes-loyihalarni yaratish va amalga oshirishga qaratilgan arizalar qabul qilinadi. Ular innovatsiyalar va texnologiyalarga asoslanishi shart.
  • Arizalarni yuridik va jismoniy shaxslar taqdim etishi mumkin.
  • Loyihani amalga oshirish chog‘ida olinadigan texnologiyalar/xizmatlar/mahsulotlar qo‘llaniladigan sohalar quyidagilar bo‘lishi afzaldir:
  • Qishloq xo‘jaligi;
  • Tibbiyot va biotexnologiyalar;
  • Farmasevtika;
  • Energetika;
  • IT-texnologiyalar;
  • Geologiya va geofizika;
  • Fizika va kimyo;
  • To‘qimachilik va yengil sanoat;
  • Neft-gaz sohasi hamda kimyo sohasidagi texnologiyalar va materiallar;
  • Tog‘-metallurgiya sohasidagi texnologiyalar;
  • Mashinasozlik va yangi texnologiyalar;
  • Oziq-ovqat sanoati;
  • Ijtimoiy texnologiyalar (ekologiya, sport, ta’lim va b.)
  • Turizm

Loyihaga baho berishda quyidagilar hisobga olinadi:

  • Loyihaning innovatsionligi – respublikada avval qo‘llanilmagan yangi texnologiyalar va (yoki) jarayonni tashkillashtirish tamoyillaridan foydalanish darajasi, bunda loyiha respublikada avval ishlab chiqarilmagan yangi mamhsulot (intellektual mulk ob’ekti mavjud bo‘lganda) ishlab chiqarish, yangi xizmat yaratishni ko‘zda tutadi;
  • Loyihaning texnik jihatdan mukamalligi, shu jumladan yakunlanganlik darajasi;
  • Muhofaza qiluvchi hujjatlar mavjudligi – patent yoki patentga ariza, va/yoki ilmiy-texnik hujjatlarning to‘liq komplekti, va/yoki ko‘zda tutiladigan mahsulot (texnologiya)ning texnik reglamenti, sinov dalolatnomalari, mahsulot namunasining mavjudligi;
  • Loyihaning mutaxassilar bilan ta’minlanish, ilmiy-texnik va ishlab chiqarish imkoniyatlari – jamoaning malakali mutaxassislardan shakllantirilganligi, kerakli asbob-uskunalar va ilmiy ob’ektlar infratuzilmalarining mavjudligi;
  • Loyihaning investitsion jozibadorligi bu – qo‘shimcha foyda keltirib, kiritilgan mablag‘lar tavakkalchiligini kamaytiradigan qulay investitsion va innovatsion shart-sharoitlar majmuidir. Loyihaning investitsion jozibadorligi uning mamlakat taraqqiyotining uzoq muddatli istiqbollariga muvofiqligi, loyihaning qiymati, tavakkalchiliklarning hisobga olinishi, o‘zini o‘zi qoplashi va rentabelligi bilan belgilanadi;
  • Loyihaning o‘zini o‘zi qoplashi (muddat);
  • Loyihani moliyaviy rejalashtirish – Loyiha moliyaviy ta’minotining rejalashtirilayotgan ishlarga muvofiqligi va harajatlar smetasining asoslanganligidir;
  • Marketing rejasi – loyihani amalga oshirish strategiyasi, bozor hajmi, maqsadli auditoriya, aloqalar/sotuvlarning asosiy kanallari, raqobat muhiti va h.
  • Loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar – ajratiladigan mablag‘lardan samarali foydalanish, amalga oshiriladigan tadbirlarni bajarish sifati va muddatlari, import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan ilmiy asos talab qiladigan mahsulot ishlab chiqarishni tashkillashtirish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining tanlov g‘oliblari borasidagi qarori qat’iy va qayta ko‘rib chiqilmaydi.
  •  

Tanlovga taqdim etiladigan loyihalar  startup@mininnovation.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.

Bunda quyidagi hujjatlar asl nusxalari PDF shaklida elektron pochtaga yuborilishi lozim:

  • Startap loyiha muallifi tomonidan imzolangan ariza;
  • Startap loyiha pasporti;
  • Xarajatlar smetasi (.xls/.xlsx);
  • Startap loyiha biznes matni (imzo va muhr qo‘yilgan holda, .pdf va .doc/.docx);
  • Startap loyiha taqdimoti prezentatsiya (10 slayd ) va video (1-5 daqiqa) shaklida loyiha mazmuni to‘liq yoritilganligi;

Taqdim etilgan loyihalar tanlov talablariga qat’iy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, ko‘chirmachilikka (plagiat) yo‘l qo‘yilmaganligi, talablar asosida shakllantirilganligi, shuningdek startap loyiha yakunida qo‘lga kiritiladigan muhim natijalarning tadqiqot dizayniga muvofiq to‘liq asoslanganligi va so‘ralgan mablag‘larning tanlov shartlarida keltirilgan moliyalashtirish hajmiga muvofiq to‘g‘ri hisob-kitob qilinganligi bo‘yicha dastlabki texnik ekspertizadan o‘tkaziladi.

  • Dastlabki texnik ekspertizadan o‘tmagan loyihalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi!

Qo‘yidagi hollarda taqdim etilgan loyihalar tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etilmasligi mumkin:

  • Startap loyiha mazmunan innovatsion hususiyatga ega emasligi;
  • Startap loyihaning maqsad va vazifalari yoritib berilmaganligi;
  • Startap loyihada taqdim etilgan muammoning yechimi mavjud emasligi;
  • Taqdim etilgan loyihalar mazkur tanlovda g‘olib bo‘lmaganligi
  • Startap–loyihalarni amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘ni binolarni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash-qurilish ishlariga, shuningdek avtotransport vositalarini xarid qilishga sarflansa.

Taqdim etilgan startap loyihalardagi ma’lumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi hamda tanlov g‘oliblari tomonidan startap loyihalarning natijadorligi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni to‘la va o‘z vaqtida sifatli bajarilishiga startap loyiha rahbarlari, mazkur loyihani bajaruvchi tashkilot rahbarlari va tegishli yuqori turuvchi tashkilotlarning mas’ul xodimlari javobgar hisoblanadilar.

Tanlov natijalari bo‘yicha barcha yangiliklar bilan Innovatsion Rivojlanish Vazirlik sayti orqali tanishish mumkin.

Startap loyihalarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq texnik masalalar bo‘yicha Innovatsion rivojlanish vazirligining texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash xizmati: +998-71-203-32-23 (ichki raqam: 216)