Ilmiy loyihalar tanlovi 19- va
56-turlari qayta e'lon qilinadi
O'zbekiston Respublikasi
Innovatsion rivojlanish vazirligi ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari
doirasida bajariladigan amaliy hamda innovatsion loyihalar tanlovining
19-56-turlarini quyidagi fan yo'nalishlari bo'yicha qayta e'lon qiladi:
1.
Farmakologiya
va farmatsevtika fanlari
2.
Filologiya
va ijtimoiy fanlar
3.
Kimyo fanlari, kimyoviy
texnologiyalar va nanotexnologiya
4.
Pedagogika
va psixologiya fanlari
5.
Qishloq
xo'jaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari
8.
O'rmon
xo'jaligi, tuproqshunoslik va o'simliklarni himoya qilish fanlari
9.
Veterinariya
va chorvachilik fanlari
Mazkur tanlov O'zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning
normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to'g'risida” 2020 yil 9 martdagi 133-son qarorida belgilangan talablarga
muvofiq o'tkaziladi.
Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar www.grant.mininnovation.uz – davlat
ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi orqali 2022
yilning 1 iyuniga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
Ilmiy loyiha hujjatlarini grant.mininnovation.uz elektron platformasi
orqali ro'yxatdan o'tkazish jarayonida quyidagi hujjatlar asl
nusxalariningpdf/doc shakli elektron platformaga yuklanishi lozim:
Taqdim etilgan loyihalar tanlov talablariga
qat'iy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va
haqqoniyligi, ko'chirmachilikka (plagiatga) yo'l qo'yilmaganligi, talablar
asosida shakllantirilganligi, shuningdek, loyiha yakunida qo'lga kiritiladigan
muhim ilmiy natijalarning tadqiqot dizayniga muvofiq to'liq asoslanganligi va
so'ralgan mablag'larning tanlov shartlarida keltirilgan moliyalashtirish
hajmiga muvofiq to'g'ri hisob-kitob qilinganligi bo'yicha dastlabki
texnik ekspertizadan o'tkaziladi.
elektron ro'yxatdan hamda dastlabki texnik
ekspertizadan o'tmagan loyihalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya
etilmaydi.
Taqdim etilgan loyihalardagi ma'lumotlarning
to'liqligi, haqqoniyligi va ishonchliligi hamda ilmiy loyihalarning natijadorligi,
tijoratlashtirish salohiyati, loyihada rejalashtirilgan ilmiy-tadqiqotlarni
to'la va o'z vaqtida sifatli bajarilishiga ilmiy loyiha rahbarlari, ilmiy
loyihani bajaruvchi ijrochi tashkilot rahbarlari va tegishli yuqori turuvchi
tashkilotlarning mas'ul xodimlari javobgar hisoblanadilar.
Taqdim etilgan loyihada keltirilgan ilmiy yangilik,
nou-xau va g'oyalarni ekspertiza jarayonlarida ochiq muhokamaga qo'yishning
maqsadga muvofiqligi to'g'risida ijrochi tashkilot vakolatli tuzilmasining
(xizmatining) xulosasi loyihaga ilova qilinishi lozim.
Taqdim etilgan loyihada keltirilgan ilmiy yangilik,
nou-xau va g'oyalarni ekspertiza jarayonlarida ochiq muhokamaga qo'yishning
maqsadga muvofiqligi to'g'risida ijrochi tashkilot vakolatli tuzilmasining
(xizmatining) xulosasi loyihaga ilova qilinishi lozim: http://grant.mininnovation.uz/site/example-docs .
eslatma: Tanlovga taqdim
etilgan loyihalarning har bir bosqichda ko'rib chiqish natijalari to'g'risidagi
ma'lumotlar grant.mininnovation.uz elektron platformasida
loyiha rahbarlarining shaxsiy kabinetlarida ko'rsatiladigan interaktiv
xizmati orqali taqdim etib boriladi.
Ilmiy loyihalarni grant.mininnovation.uz elektron platformasining
«Tanlovga ilmiy loyiha taqdim etish» sahifasi orqali elektron ro'yxatdan
o'tkazish bilan bog'liq texnik masalalar bo'yicha Innovatsion rivojlanish
vazirligining texnik jihatdan qo'llab-quvvatlash xizmati: +998-71-203-32-32.