Amaliy va innovatsion
loyihalar tanlovi 58-turi qayta e'lon qilinadi
O'zbekiston Respublikasi
Innovatsion rivojlanish vazirligi ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari
doirasida bajariladigan amaliy hamda innovatsion loyihalar tanlovining
58-turini quyidagi fan yo'nalishlari bo'yicha qayta e'lon qiladi:
1.
Farmakologiya
va farmatsevtika fanlari
2.
Qishloq
xo'jaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari
5.
O'rmon
xo'jaligi, tuproqshunoslik va o'simliklarni himoya qilish fanlari
6.
Veterinariya
va chorvachilik
Mazkur tanlov O'zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining «Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning
normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to'g'risida» 2020 yil 9 martdagi 133-son qarorida belgilangan talablarga
muvofiq o'tkaziladi.
Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar grant.mininnovation.uz elektron platformasining
“Tanlovga ilmiy loyiha taqdim etish” sahifasi orqali 2022 yilning 15 mayiga
qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
Ilmiy loyiha hujjatlarini grant.mininnovation.uz elektron platformasi
orqali ro'yxatdan o'tkazish jarayonida quyidagi hujjatlar asl
nusxalariningpdf/doc shakli elektron platformaga yuklanishi lozim:
Taqdim etilgan loyihalar
tanlov talablariga qat'iy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining
ishonchliligi va haqqoniyligi, ko'chirmachilikka (plagiatga) yo'l
qo'yilmaganligi, talablar asosida shakllantirilganligi, shuningdek, loyiha
yakunida qo'lga kiritiladigan muhim ilmiy natijalarning tadqiqot dizayniga
muvofiq to'liq asoslanganligi va so'ralgan mablag'larning tanlov shartlarida
keltirilgan moliyalashtirish hajmiga muvofiq to'g'ri hisob-kitob qilinganligi bo'yicha
dastlabki texnik ekspertizadan o'tkaziladi.
elektron
ro'yxatdan hamda dastlabki texnik ekspertizadan o'tmagan loyihalar tanlovning
keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi.
Taqdim etilgan loyihalardagi
ma'lumotlarning to'liqligi, haqqoniyligi va ishonchliligi hamda ilmiy
loyihalarning natijadorligi, tijoratlashtirish salohiyati, loyihada
rejalashtirilgan ilmiy-tadqiqotlarni to'la va o'z vaqtida sifatli bajarilishiga
ilmiy loyiha rahbarlari, ilmiy loyihani bajaruvchi ijrochi tashkilot rahbarlari
va tegishli yuqori turuvchi tashkilotlarning mas'ul xodimlari javobgar
hisoblanadilar.
Taqdim etilgan loyihada
keltirilgan ilmiy yangilik, nou-xau va g'oyalarni ekspertiza jarayonlarida
ochiq muhokamaga qo'yishning maqsadga muvofiqligi to'g'risida ijrochi tashkilot
vakolatli tuzilmasining (xizmatining) xulosasi loyihaga ilova qilinishi lozim.
Taqdim etilgan loyihada
keltirilgan ilmiy yangilik, nou-xau va g'oyalarni ekspertiza jarayonlarida
ochiq muhokamaga qo'yishning maqsadga muvofiqligi to'g'risida ijrochi tashkilot
vakolatli tuzilmasining (xizmatining) xulosasi loyihaga ilova qilinishi
lozim: http://grant.mininnovation.uz/site/example-docs .
eslatma: Tanlovga taqdim etilgan loyihalarning
har bir bosqichda ko'rib chiqish natijalari to'g'risidagi
ma'lumotlar grant.mininnovation.uz elektron platformasida
loyiha rahbarlarining shaxsiy kabinetlarida ko'rsatiladigan interaktiv
xizmati orqali taqdim etib boriladi.
Ilmiy loyihalarni grant.mininnovation.uz elektron platformasining «Tanlovga ilmiy loyiha
taqdim etish» sahifasi orqali elektron ro'yxatdan o'tkazish bilan bog'liq
texnik masalalar bo'yicha Innovatsion rivojlanish vazirligining texnik jihatdan
qo'llab-quvvatlash xizmati: +998-71-203-32-32.