Loyiha turi 13.03.2022 280

Innovatsion hududlarning muammolari yechimiga qaratilgan startap loyihalar ochiq tanlovi

Innovatsion hududlarning muammolari yechimiga qaratilgan startap loyihalar ochiq tanlovi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.04.2021-yildagi “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” PF-6198-son Farmonining 3-ilovasiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda innovatsion hududga aylantirish dasturida ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida startap loyihalar tanlovini (Keyingi o‘rinlarda - Tanlov) quyidagi innovatsion hududlar kesimida e’lon qiladi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda innovatsion hududga aylantirilayotgan tumanlar

RO‘YXATI

T/r

Hududlar

Tumanlar

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Nukus tumani

2.

Andijon viloyati

Marhamat tumani

3.

Buxoro viloyati

Romitan tumani

4.

Jizzax viloyati

Do‘stlik tumani

5.

Qashqadaryo viloyati

Nishon tumani

6.

Navoiy viloyati

Karmana tumani

7.

Namangan viloyati

Chust tumani

8.

Samarqand viloyati

Urgut tumani

9.

Sirdaryo viloyati

Sirdaryo tumani

10.

Surxondaryo viloyati

Oltinsoy tumani

11.

Toshkent viloyati

Ohangaron tumani

12.

Farg‘ona viloyati

Oltiariq tumani

13.

Xorazm viloyati

Gurlan tumani


Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 martdagi “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 133-son qarori bilan tasdiqlangan “Startap” loyihalarni tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”da belgilangan talablarga muvofiq o‘tkaziladi. 

Startap loyihalarni qabul qilishda quyiladigan shartlar:

Tanlovda faqat keltirilgan innovatsion hududlardagi innovatsion faoliyat subyektlari ishtirok etishi;

1 ta ishtirokchi 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi;

Startap loyihalar asosida maket va (yoki) prototip, dasturiy mahsulot, xizmatlar va ijtimoiy mahsulotlar yaratishning eng ko‘p muddati 1 yildan oshmasligi lozim;

Startap loyiha tashabbuskori – startap loyiha asoschilaridan bo‘lishi (kompaniya bo‘lgan taqdirda asosiy ulushdorlardan bo‘lishi).

Startap loyihalar tanlovini o‘tkazish shartlari:

Tanlovda ishlab chiqarishva xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamdagi biznes-loyihalarni yaratish va amalga oshirishga qaratilgan arizalar qabul qilinadi. Ular innovatsiyalar va texnologiyalarga asoslanishi shart.

Arizalarni yuridik va jismoniy (kafolat xati namuna shakli) shaxslar taqdim etishi mumkin.

Loyihani amalga oshirishda olinadigan texnologiyalar/xizmatlar/mahsulotlar qo‘llaniladigan sohalar quyidagilar bo‘lishi afzaldir:

Axborot texnologiyalari;

biotexnologiya;

oziq-ovqat xavfsizligi;

orolbo‘yi mintaqasida ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan texnologiyalar.

Loyihaga baho berishda quyidagilar hisobga olinadi:

Loyihaning innovatsionligi – respublikada avval qo‘llanilmagan yangi texnologiyalar
va (yoki) jarayonni tashkillashtirish tamoyillaridan foydalanish darajasi, bunda loyiha respublikada avval ishlab chiqarilmagan yangi mahsulot (intellektual mulk obyekti mavjud bo‘lganda) ishlab chiqarish, yangi xizmat yaratishni ko‘zda tutadi;

Loyihaning texnik jihatdan mukamalligi, shu jumladan yakunlanganlik darajasi;

Muhofaza qiluvchi hujjatlar mavjudligi – patent yoki patentga ariza va/yoki ilmiy-texnik hujjatlarning to‘liq komplekti va/yoki ko‘zda tutiladigan mahsulot (texnologiya)ning texnik reglamenti, sinov dalolatnomalari, mahsulot namunasining mavjudligi;

Loyihaning mutaxassislar bilan ta’minlanish, ilmiy-texnik va ishlab chiqarish imkoniyatlari – jamoaning malakali mutaxassislardan shakllantirilganligi, kerakli asbob-uskunalar va ilmiy obyektlar infratuzilmalarining mavjudligi;

Loyihaning investitsion jozibadorligi bu – qo‘shimcha foyda keltirib, kiritilgan mablag‘lar tavakkalchiligini kamaytiradigan qulay investitsion va innovatsion shart-sharoitlar majmuidir. Loyihaning investitsion jozibadorligi uning mamlakat taraqqiyotining uzoq muddatli istiqbollariga muvofiqligi, loyihaning qiymati, tavakkalchiliklarning hisobga olinishi, o‘zini o‘zi qoplashi
va rentabelligi bilan belgilanadi;

Loyihani moliyaviy rejalashtirish – Loyiha moliyaviy ta’minotining rejalashtirilayotgan ishlarga muvofiqligi va harajatlar smetasining asoslanganligidir;

Marketing rejasi – loyihani amalga oshirish strategiyasi, bozor hajmi, maqsadli auditoriya, aloqalar/sotuvlarning asosiy kanallari, raqobat muhiti v.b.

Loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar – ajratiladigan mablag‘lardan samarali foydalanish, amalga oshiriladigan tadbirlarni bajarish sifati va muddatlari, import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan ilmiy asos talab qiladigan mahsulot ishlab chiqarishni tashkillashtirish.

Bunda quyidagi hujjatlar asl nusxalari PDF shaklida yuborilishi lozim:

Startap loyiha muallifi tomonidan imzolangan ariza (imzo va muhr qo‘yilgan holda);

startap loyiha pasporti;

xarajatlar smetasi;

startap loyiha biznes matni;

startap loyiha taqdimoti.

 

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining tanlov g‘oliblari borasidagi qarori qat’iy va qayta ko‘rib chiqilmaydi!

Taqdim etilgan loyihalar tanlov talablariga qat’iy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, ko‘chirmachilikka (plagiat) yo‘l qo‘yilmaganligi, talablar asosida shakllantirilganligi, shuningdek startap loyiha yakunida qo‘lga kiritiladigan muhim natijalarning tadqiqot dizayniga muvofiq to‘liq asoslanganligi va so‘ralgan mablag‘larning tanlov shartlarida keltirilgan moliyalashtirish hajmiga muvofiq to‘g‘ri hisob-kitob qilinganligi bo‘yicha dastlabki texnik ekspertizadan o‘tkaziladi.

Dastlabki texnik ekspertizadan o‘tmagan loyihalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi!

Qo‘yidagi hollarda taqdim etilgan loyihalar tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etilmasligi mumkin:

Taqdim etilgan startap loyihaning belgilangan innovatsion hududda amalga oshirilishi ko‘rsatilmaganligi;

startap loyiha mazmunan innovatsion hususiyatga ega emasligi;

startap loyihaning maqsad va vazifalari yoritib berilmaganligi;

startap loyihada taqdim etilgan muammoning yechimi mavjud emasligi;

taqdim etilgan loyihalar mazkur tanlovda g‘olib bo‘lmaganligi;

startap loyihalarni amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘larni binolarni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash-qurilish ishlariga, shuningdek avtotransport vositalarini xarid qilishga sarflansa.

Taqdim etilgan startap loyihalardagi ma’lumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi hamda tanlov g‘oliblari tomonidan startap loyihalarning natijadorligi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni to‘la va o‘z vaqtida sifatli bajarilishiga startap loyiha rahbarlari, mazkur loyihani bajaruvchi tashkilot rahbarlari va tegishli yuqori turuvchi tashkilotlarning mas’ul xodimlari javobgar hisoblanadilar.

Tanlovga quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tiladi:

Tanlov natijalari bo‘yicha barcha yangiliklar bilan Vazirlik sayti orqali tanishish mumkin.

Startap loyihalarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq texnik masalalar bo‘yicha Innovatsion rivojlanish vazirligining texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash xizmati:
+998-71-203-32-23 (ichki raqam: 216)