Loyiha turi 26.02.2023 233

“Farg‘ona vodiysida chekka hududlar korxonalarini rivojlantirish” loyihasi startap akseleratsiya dasturiga tanlov!

Innovatsion rivojlanish agentligi (agentlik), Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi bilan hamkorlikda “Farg‘ona vodiysida chekka hududlar korxonalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida startaplarni akselerasiya dasturiga tanlov e’lon qiladi.

Ushbu tanlov kompaniyalarga biznesni rivojlantirishdan to pitching (investorlarni jalb qilish uchun vizual taqdimot) gacha bo‘lgan barcha sohalarni qamrab oluvchi yangi tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va xalqaro muhitda qo‘llaniladigan ilg‘or tajribani o‘rganish borasida qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi.

Buning uchun, ikkita ochiq tanlov o‘tkaziladi, akselerasiya dasturi esa umumiy hisobda 100 ta biznes-g‘oyani qo‘llab-quvvatlaydi. Har bir ochiq tanlov arizachilar uchun 2 oyga yaqin vaqt davomida o‘tkaziladi va dastur maksimal 6 oy mobaynida davom etadi. Bu davrda tanlab olingan startaplar jamoalari innovasion startap-loyihalarni amalga oshirish asoslarini o‘rganadi, o‘z farazlarini sinovdan o‘tkazadi, maqsadli auditoriyani o‘rganadi, minimal darajada yashovchan mahsulotlar loyihalarini (MVP) ishlab chiqadi, birinchi sotuvlarini amalga oshirib, qayta aloqaga chiqish orqali mahsulot haqidagi fikrlarni o‘rganadi, loyihaning zaif tomonlarini tahlil qilinadi va yaxshilanadi.

Eng istiqbolli startaplar tanlab olinganidan keyin, startaplarni akselerasiya dasturidan o‘rin olgan va ular bilan shartnoma imzolashga tayyor nomzodlar, agentlik tomonidan beriladigan qo‘shimcha yordamdan foydalanishi mumkin. Tanlab olingan startaplar agentlik tomonidan taklif etilgan innovasion markazlarda tegishli ob’yektlardan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Har bir tanlab olingan startap arizani topshirishi va o‘z loyihasini rivojlantirishga sarmoya kiritish, qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi tomonidan belgilangan muayyan shartlarni bajarish uchun qo‘shimcha ko‘pi bilan 20 000 AQSH dollari miqdorida sarmoya olishi mumkin bo‘ladi. Ushbu qo‘shimcha moliyalashtirish uchun tanlab olingan loyihalarga maxsus aktivlar va maslahat xizmatlari taqdim etiladi. Bunday qo‘shimcha yordam faqat Qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi bilan birlamchi shartnoma imzolanganidan keyin olinishi mumkin bo‘ladi.

Birinchi ochiq tanlov uchun, 50 dan 75 tagacha arizalar topshirilishi kutilmoqda. Bu arizalarning ichidan Akseleratsiya dasturiga 50 ga yaqin loyihalar saralab olinadi va qo‘llab-quvvatlanadi.

Tanlov mezonlari

Benefitsiarlar

3 yildan katta bo‘lmagan kompaniyalar va loyihalar Texnik yangiliklarni joriy etishga, mavjud biznes-modellarni, mahsulotlarni yoki xizmatlarni yaxshilash va o‘zgartirishga asoslangan g‘oyalar.

Loyihalar borasida, ishlayotgan kompaniya yoki biznes bo‘lishi shart emas, ishtirok etish huquqiga ega bo‘lish uchun yaxshi g‘oya yoki prototip bo‘lishi yetarli.

Maqbul hududlar

Tanlovda faqat Farg‘ona vodiysining uchta viloyatida (Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari) qonuniy yashovchi /rezident bo‘lgan arizachilar ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.

Tegishli sohalar

Startaplar uchun tanlovda barcha sohalardagi g‘oyalar benefisiar bo‘lish huquqiga ega.

Tanlov 2023 yil 23-yanvar kunidan 2023 yil 20 mart kuni soat 17:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) ariza topshirish uchun ochiq bo‘ladi.

Tanlovning rasmiy tili o‘zbek tili hisoblanadi. Boshqa har qanday tilda yaratilgan materiallar tanlovda baholanmaydi.

Arizalar loyihaning rasmiy elektron pochtasiga (opencall@ferghana-valley-incubator.com) quyidagi hujjatlar bilan topshiriladi.