Tadbir 31.05.2021

Hududiy innovatsion rivojlanish boshqarmalari xodimlari uchun uch kunlik seminar boshlandi

1 iyun kuni Innovatsion rivojlanish vazirligining yangi tayinlangan hududiy boshqarmalari xodimlari uchun 3 kunlik o‘quv seminari boshlandi. Seminarni ayni paytda Surxondaryo viloyatida ishchi safarida bo‘lgan Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov video-konferens aloqa orqali ochib berdi. Vazir barcha hududiy boshqarma boshliqlarini ishlariga muvaffaqiyat tilarkan, ularga vazirlik oldida turgan ulkan vazifalar, ularni amalga oshirishda ahamiyat berilishi kerak bo‘lgan jihatlar haqida gapirdi. Viloyatlar va tumanlarga innovatsion texnologiyalarni joriy etishda hududiy boshqarmalarning muhim o‘rniga alohida e’tibor qaratdi.

Seminar davomida nafar vazirlikning yangi tayinlangan hududiy boshqarmalari xodimlariga ularning vazifalari, hududni innovatsion rivojlanishidagi asosiy vazifalar tushuntiriladi. Shuningdek, mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikdagi ishlar, shu jumladan mahalliy budjet hisobidan moliyalashtiriladigan shartnomalar monitoringini tashkil qilish masalalari bo‘yicha treninglar o‘tkaziladi. .

Seminarga vazirlikning boshqarma boshliqlari shuningdek, xalqaro maslahatchilar hamda ekspertlar ma’ruzachi sifatida jalb qilindi. Seminarning 1-kunida hududiy buyurtmalar asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyiha takliflarini qabul qilish, e’lon va tanlovlarni tashkil etish va saralab olish tartibi, ilm-fanga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirish, innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi, Innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish tartibi, xalqaro reytinglar bilan ishlashda axborot-tahlilning o‘ziga xos jihatlari, xorijiy davlatlardagi innovatsion faoliyat olib boradigan tashkilotlar, tarmoq korxonalarida ilmiy-tadqiqotni va infratuzilmalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha ma’ruzalar o‘qildi. Tinglovchilarning savollariga javoblar berildi.

Kun so‘ngida Innovatsion rivojlanish vazirligi hududiy boshqarmalari xodimlariga Ilmiy va innovatsion faoliyatga oid dasturlarni shakllantirish va monitoring qilish boshqarmasi faoliyati bilan tanishtirildi.