🛡 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kiberxavfsizlik bo‘yicha CTF Cyber challenge musobaqasi o‘tkaziladi.
👥 Musobaqada Respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalarining IT yo'nalishida tahsil olayotgan talabalari qatnashishi mumkin.
Bitta jamoada 3 nafargacha ishtirokchi qatnashishiga ruxsat beriladi.
Jamoalar 14-may kuni 10:00 dan 22:00 gacha quyidagi https://ctf.cyberkent.uz/ havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi kerak.
Musobaqa 2 bosqichdan iborat bo‘ladi:
🟢Saralash bosqichi 15-may kuni onlayn shaklda o‘tkaziladi.
🟢Yuqori natijaga erishgan 15 ta jamoa 21-may kuni oflayn shaklda ishtirok etish uchun universitetga taklif etiladi.
🏆 G‘olib jamolarning har bir ishtirokchisiga quyidagi qimmatbaho sovg‘alar topshiriladi:
1-o‘rin. Noutbuk
2-o‘rin. Televizor(55 dyumli)
3-o‘rin. Planshet