Tadbir 19.04.2024

❇️ Hurmatli ustozlar, hamkasblar, doktorantlar, tadqiqotchilar!

Sizni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining mustaqil izlanuvchisi Tuychiyev Bekzod Oromovichning Fazoviy-vaqt signallariga fraktalli ishlov berish model va algoritmlari mavzusidagi 05.04.02 –“Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televidenie tizimlari va qurilmalari. Mobil, tolaoptik aloqa tizimlari” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi himoyasiga taklif etamiz.

 

Ilmiy rahbar: Davronbekov Dilmurod Abdujalilovich texnika fanlar doktori, professor

Ilmiy Kengash 2024-yil 2-may kuni E bino, 101-xonada bo‘lib o‘tadi. Boshlanish vaqti - 12:00.