О портале

Clarivate kompaniyasining katta strategik maslahatchisi Bogorov Valentin Grigorevich bilan seminar bo'lib o'tdi

✅Joriy yilning 9 - fevral kuni Clarivate kompaniyasining katta strategik maslahatchisi Bogorov Valentin Grigorevich, kompaniyaning mijozlar bilan ishlash bo'yicha maslahatchisi Tixonkova Irina, hamda ilmiy-texnik axborot markazi xodimlari Mirzo Ulug'bek nomidagi Milliy universitetning professor-o'qituvchilari, ilmiy xodimlari va talabalari uchun seminar tashkil etishdi. 


Seminar davomida Web of Science platformasiga O'zbekiston Respublikasining Milliy obunasini tashkil etish, Web of Science Opportunities, platformada tadqiqotchi profilini yaratish, maqola uchun nufuzli jurnallarni tanlash va boshqa mavzular bo'yicha muhokama bo'lib o'tdi. 


Seminar so'ngida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.